TikTok yangi 20 daqiqalik video funksiyasini taqdim etdi

TikTok oʻz foydalanuvchilariga videolarini monetizatsiya qilish uchun yana bir imkoniyatni eʼlon qildi.

Photo: Kaspars Grinvalds (Shutterstock)

“Seriyalar” deb nomlangan yangi xususiyatni faqat pullik versiya sotib olganlar foydalanishi kutilmoqda.

Har bir “Seriya” 80 tagacha 20 daqiqalik videoni oʻz ichiga olishi mumkin. TikTok vakilining soʻzlariga koʻra, blogerlar oʻzlarining pullik kontenti uchun 0,99 dollardan 189,99 dollargacha haq olishlari mumkin.

Ilgari foydalanuvchilar TikTokʼda faqat 15 soniyali, 1 daqiqali, 3 daqiqali yoki 10 daqiqali videolarni joylash imkoniga ega edilar.

Yangi funksiya Tiktok va YouTube platformalari orasidagi raqobatni yanada kuchaytiradi. Ammo ushbu raqobat yangilik emas. 2021-yil avgust oyida YouTube TikTokʼga toʻgʻridan-toʻgʻri muqobil sifatida YouTube Shortsʼni taqdim etgan edi.

TikTok nashrida aytilishicha, Series funksiyasini tez orada foydalanish uchun keng ommaga taqdim etadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04