Telegramda kamera va mikrofonga kirish imkonini beruvchi zaiflik topildi

Kiberxavfsizlik boʻyicha tadqiqotchi Mett Yoxansen Telegramdagi dasturiy zaiflikni fevral oyida topgan va tarmoq administratorlariga yuborgan, biroq qayta javob kelmagani uchun ochiq maʼlum qilishga qaror qilgan:

Google muhandisi Den Reva Telegramning macOS uchun versiyasida (MacBook, iMac kompyuterlari uchun) zaiflikni aniqladi. Ushbu zaiflik kiberhujumchilar uchun kompyuter kamerasi va mikrofoniga kirishiga imkon berishi mumkin.

Zaiflik uchinchi tomon zararli dinamik kutubxonasini (Dylib) macOS uchun Telegramga bogʻlash imkoniyatidadir, bu messenjer Appleʼning xavfsizlik mexanizmlari – Hardened Runtime va Entitlementsʼdan toʻgʻri foydalanmayotgani tufayli yuzaga keladi.

Hardened Runtime ilova xotirasini manipulyatsiya qilishdan va zararli kodni kiritishdan himoya qiladi, Entitlements esa ilovalarning mikrofon, kamera va boshqa qurilma funksiyalariga kirish huquqlarini nazorat qiladi.

Ushbu holat Telegram nomidan (va uning huquqlari bilan) kameradan video yozib oladigan va uni faylga saqlaydigan uchinchi tomon dinamik kutubxonasini yaratish va amalga oshirish imkonini beradi.

Xabarda shuningdek zararli Dylibʼni avtomatik ravishda ishga tushirishiga sabab boʻluvchi bir nechta omillar sanab oʻtilgan. Natijada: xaker tomonidan kiritilgan kutubxona hatto telegram oʻchirilib qayta ishga tushirilganidan keyin ham ishlaydi va bunda messenjer ilovasini ochishga hojat ham yoʻq.

Mett Yoxansen taʼkidlaganidek, bu zaiflik uchun aybning bir qismi Apple zimmasiga yuklanadi, chunki kompaniya macOS ilovalarida Hardened Runtimeʼni talab qilmaydi. Biroq iPhoneʼlarda buning teskarisi: iOS ilovalarida Hardened Runtime majburiy.

Avvalroq Giglink.uz Google Playʼda pullik obunalarga ega yangi virus dasturlar aniqlanganini maʼlum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47