Ilon Maskning Tvitlari: Foydalanuvchilar Maskning tvitlariga Million Dollar Tikmoqda

Foydalanuvchilar Maskning X (twitter) platformasida 400 yoki 800 dan ortiq post joylashtirishi mumkinligini taxmin qilib, "aksiyalar" sotib olishyapti. To‘g‘ri taxmin qilganlar pul mukofoti yutib olishadi.

Polymarket prognozlash platformasida Ilon Maskning bu haftadagi tvitlar soni bo‘yicha million dollarlik garovlar o'ynalmoqda.
Polymarket – foydalanuvchilarga o‘z qarashlarini investitsiyaga aylantirish imkonini beruvchi platforma. Ushbu haftalik prognoz bozori 17-yanvarda yakunlanadi. Hozirda 1,9 million dollarlik savdo amalga oshirilgan va haftalik savdolar odatda million dollardan oshadi. Foyda esa sotib olingan "aksiyalar" va taxminlarning aniqligiga bog‘liq.

Maskning Tvitlari bu hafta qancha bo'lishi mumkin?

Foydalanuvchilar Maskning tvitlar sonini tahlil qilib borishmoqda. Masalan, bir foydalanuvchi shunday deydi:“Mask hozir har kuni o‘rtacha 50 ta tvit yozmoqda. Agar shu sur’atda davom etsa, haftalik tvitlar soni taxminan 350 taga yetadi. Ammo 400 dan oshish uchun u qolgan kunlarda kunlik postlar sonini kamida 65 taga yetkazishi kerak bo‘ladi. Bu qiyin, lekin imkonsiz emas. Ayniqsa, SpaceX Starship kemasining 15-yanvarga rejalashtirilgan sinov uchirishi sababli, Mask odatdagidan ko‘proq tvit yozishi mumkin.”

Maskning twitlari nima uchun mashhur?

Maskning tvitlari har hafta Polymarket va boshqa platformalarda eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biri. U ijtimoiy tarmoqdagi faolligi bilan nafaqat texnologiya sohasiga, balki foydalanuvchilarning qiziqishi va investitsiyalariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Maskning har bir tviti faqatgina tarmoqda emas, balki real moliyaviy bozorda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17