PlayStationʼning yaqin 2 yilda kutilayotgan eng katta relizlari

PS5 2023-2024 yillar uchun juda katta o‘zgarishlarni va’da qilmoqda. Bular orasida jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus kontroller ham bor.

• USB-C orqali ulanadigan drayv bilan jihozlangan PS5 — reliz sentyabr oyida boʻlib oʻtadi;

• Jismoniy imkoniyatlari cheklanganlar uchun moslashtirilgan Leonardo oʻyin kontrolleri — 2023-yilning 4-choragida chiqarilishi rejalashtirilgan;

• Remote Play orqali PS5 oʻyinlarini strim qilish uchun DualSense qoʻl konsoli PlayStation Q-Lite joriy yilning 4-choragida chiqariladi;

• Project Nomad Wireless Headset va PS5 uchun Voyager TWS minigarnituralari — 2024-yil apreligacha taqdim qilinadi;

• PS5 Pro 2024-yil oxirida taqdim etiladi (maksimum samaradorlikka ega).

Sony PlayStation Showcase’da taqdim etadigan 10 ta o‘yin:

— Marvel’s Spider-Man 2

— Final Fantasy XVI

— Death Stranding 2

— Ремейк Star Wars: Knights of the Old Republic

— Stellar Blade

— The Last of Us: Factions (мультиплеерная)

— Helldrivers 2

— Marvel’s Wolverine 

— Rise of the Ronin

— Final Fantasy VII Rebirth

Ma’lumot bilan mrpyo1 nomli insayder ulashgan.

Rasman Sony taqdimot sanasini e’lon qilmagan, taxminlarga ko‘ra, u may-iyun oylarida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, avvalroq Giglink.uz Sony bir vaqtning oʻzida 10 ta oʻyin-xizmatlari ustida ishlayotgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10