Yangi Playstation choʻntak qurilmasining rasmiy nomi va narxi aniq boʻldi

“PlayStation Portal” deb nomlangan yangi PlayStation cho‘ntak qurilmasi kutilganidan ham arzonroq boʻlishi mumkin.

Sony nihoyat PlayStation Portal deb nomlangan yangi portativ PlayStationʼni ishga tushiradi.

U PlayStation 5 bajaradigan hamma funksiyaga ega, ammo hajmi kichikroq va olib yurish uchun qulay.

PS5 oʻyinlarini Wi-Fi orqali uzatish uchun moʻljallangan portativ qurilma sakkiz dyuymli 1080p LCD displeyga ega.

Sony Interactive Entertainment vitse-prezidenti Hideaki Nishinoning aytishicha, PlayStation portativi toʻgʻridan-toʻgʻri PS5ʼga ulanishi mumkin.

“PlayStation Portal Wi-Fi orqali PS5ʼga masofadan ulanadi, shuning uchun siz PS5ʼda oʻynashdan PlayStation Portalʼga tezda oʻtishingiz mumkin”, dedi Nishino.

PlayStation Portal markazda ekranga ega va koʻpchilik qoʻl konsollari kabi ekran atrofida boshqaruvchi knopkalari mavjud.

Biroq, koʻpgina portativ qurilmalarda kontroller ekranga toʻliq integratsiyalangan, Sony esa bu borada boshqacha yechim qilgan. Ammo bir qarashda uning tuzilishi biroz gʻalati koʻrinsa ham, Sony bu ishlatishni osonlashtiradi, deb aytmoqda.

Hozircha qurilma qachondan sotuvga chiqishi aniqmas.

Biroq, biz bilgan narsa shundaki, u 199 dollarga baholanadi va uning asosiy raqobatchisi Nintendo Switch Lite qurilmasi boʻlmoqda.

Sony PlayStation Portable haqida koʻpchilik uning dizayni va HD ekranini yuqori baholagan boʻlsa-da, boshqalar qurilma ishlashi uchun PS5 (499 dollar turadi) va Wi-Fi talab qilinishi ideal yechim emasligini taʼkidlamoqda.

Bluetooth bilan mos kelmasligi ham baʼzi tanqidlarga sabab boʻldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25