Counter-Strike 2 qachon chiqishi aniq boʻldi

Counter-Strike: Global Offensive oʻyini beta versiyasi 2023-yil mart oyida taqdim qilinadi.

Yangi oʻyin katta ehtimol bilan Counter-Strike 2 nomi bilan chiqariladi. Bu haqda jurnalist Richard Lyuis oʻyin ishlab chiqarilishi haqida xabardor manbalarga tayangan holda maʼlum qildi. Biroq, hozircha bu toʻgʻrisida rasmiy xabarlar berilmagan.

Lyuisning soʻzlariga koʻra, Valve Counter-Strike 2 ning toʻliq boʻlmagan beta-versiyasini chiqarishni rejalashtirmoqda. Soʻnggi reliz esa 1-aprelda boʻlib oʻtishi mumkin. Bunda oʻyinning Source 2 versiyasida barcha serverlar CS:GO turnirlari oʻtkaziladigan 128 tikreytni qoʻllab-quvvatlaydi, hozirda bu 64 tikreyt serverlarda boʻlib oʻtmoqda.

CS:GOʻni Source 2ʼda chiqarishi haqidagi birinchi mish-mishlar 2020-yilning bahorida paydo boʻlgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17