Har biri sanʼat asariga teng — dunyo mobilograflari tanlovi natijalari

Navbatdagi fotograflar uchun tanlov — Mobile Photography Awards 2023 — dunyoning eng yaxshi mobil fotosuratlarini maʼlum qildi. Biz sizga quyida taqdim qiladigan suratlar professional kameralarsiz faqat smartfonda olinganligi bilan hayratlantiradi.

Mobile Photography Awards — har yili oʻtkaziladigan tanlov hisoblanadi (2011-yildan buyon). Uning maqsadi mobilografiya sanʼatini namoyish etishdir.

2023-yilgi tanlovda dunyoning 80 dan ortiq davlatidan professional va havaskorlar oʻz ishlarini yuborgan (manba: New Atlas). Yuborilgan materiallar Landshaft, Koʻcha va Portret kabi anʼanaviy yoʻnalishlardan tortib sunʼiy intellekt yoki Dark/Noir kabi yangi yoʻnalishlardan iborat 12 toifada saralandi.

Avstraliyalik Glenn Xoman 2023-yilning mutlaq gʻolibi deb tan olindi. Uning iPhoneʼda tasvirga olingan fotoalbomi haqiqiy sanʼat asari darajasida baholangan. Mazkur maqolada Xoman va boshqa ishtirokchilarning yuqori baholangan to‘plamidagi eng yorqin tasvirlarni joyladik.

“Men hayratdaman. Bu eʼtirof men uchun juda katta ahamiyatga ega va umid qilamanki, mazkur tanlov boshqalarni ham mobil suratga olishning cheksiz imkoniyatlarini oʻrganishga ilhomlantiradi”, — deydi fotograf.

Mazkur tanlovdan oldinroq yana bir fototanlov — Canarian Photo Awards 2023 ishtirokchilarining vulqon otilishi, hayratlanarli dengiz manzaralari, yaqinlashtirilgan kadrda olingan hasharotlar va hattoki sayyoramizdan uzoqda joylashgan galaktikalar tasviri eʼtirof etilgandi.

Shuningdek, dunyo fotograflarining ijtimoiy mavzularg bag‘ishlangan eng “hayotiy hamda haqqoniy” fotosuratlari Sony kompaniyasi tomonidan saralab olingandi (fotogalereya).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51