Ilon Mask qisqa vaqt ichida dunyodagi eng boy odamga aylandi

Bir haftada Ilon Maskning sof boyligi 192 milliard dollarga yetib Louis Vuitton (LVMH) rahbarini peshqadamlar roʻyxatidan chetlatishga muvaffaq boʻldi.

Tesla rahbarining soʻnggi paytlardagi biznesdagi turli notoʻgʻri qadamlari uni mazkur yilda sayyoraning eng boy kishisi darajasidan chetlashtirishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Uning oʻrniga Bernard Arno — Louis Vuitton kabi mashhur moda brendlarining koʻp millatli uyini boshqaruvchi biznesmen chiqishi kutilayotgandi.

LVMH bosh direktori Bernard Arno oʻtgan dekabr oyida Maskdan qisqa muddatga oʻzib ketdi, ammo Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, hozirda Mask uni “atigi” 187 milliard dollarlik boyligi bilan ortda qoldirdi.

Maskning bir haftadayoq birinchi oʻringa koʻtarilishi chorshanba kuni LVMH aksiyalarining pasayishi bilan bogʻliq.

LVMH fransuz transmilliy kompaniyasi boʻlib, u Louis Vuittonʼdan tashqari yana 75 ga yaqin moda va goʻzallik brendlari, jumladan Christian Dior, Fendi, TAG Heuer hamda Sephoraʼdan iborat imperiya demakdir.

LVMH, shuningdek, 2021-yilda Tiffany & Co kompaniyasini 15,8 milliard dollarga sotib olib tarixdagi eng yirik hashamatli brend xaridni amalga oshirdi.

Maskning dekabr oyida birinchi raqamdan tushib ketishi, asosan, uning Twitterʼni 44 milliard dollarga betartib qoʻlga kiritishi bilan bogʻliq.

Bungacha Mask bu darajani 2021-yil sentabr oyi — Amazon rahbari Jeff Bezosdan olganidan beri egallab turgan edi. U 2021-yilda Tesla muvaffaqiyati ortidan birinchi oʻringa koʻtarilgandi.

Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2003-yilda ishga tushirilganidan beri katta muvaffaqiyatga erishdi va Mask kompaniyaning 13 foizga yaqin ulushiga egalik qiladi.

Milliarder oltita kompaniya, jumladan Tesla, Twitter, SpaceX, The Boring Company, Neuralink va yangi tashkil etilgan X.AI nomli sunʼiy intellekt kompaniyasiga egalik qiladi.
Milliarder oltita kompaniya, jumladan Tesla, Twitter, SpaceX, The Boring Company, Neuralink va yangi tashkil etilgan X.AI nomli sunʼiy intellekt kompaniyasiga egalik qiladi.

Neuralink oʻtgan hafta FDA tomonidan odamlarda sinov oʻtkazish uchun ruxsat olganidan keyin dunyo OAV ida mashxurlashib ketdi.

Endi kompaniya kompyuter chipini inson miyasiga joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Implantatsiya yordamida kompaniya turli xil tajribalarni, jumladan, koʻrlarning koʻrish qobiliyatini va falajli odamlarning harakatchanligini tiklashni istaydi.

Hozircha Neuralink oʻz chiplarini maymunlarda sinab koʻrmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23