Apple’dan qochishga muvaffaq bo‘lgan xitoylik Apple Carʼni Apple’dan oldin chiqarmoqchi

AQSh Adliya vazirligi Apple boʻlajak avtomobili uchun dasturiy taʼminot muhandisi sifatida ishtirok etib loyihaga oid katta hajmdagi maʼlumotlarni oʻgʻirlagan sobiq xodim ustidan jinoiy ish ochdi.

Uddaburon xodim nafaqat maxfiy maʼlumotlarni oʻgʻirlagan, balki uni bir Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisiga sotgan va endi mazkur kompaniya Apple Car analogini asl nusxasidan oldin chiqarish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Apple doimo xodimlari tomonidan yopiq maʼlumotlarini oʻgʻirlanishi qurboni boʻlib kelgan. Bu kabi holatlar juda koʻp va “o‘g‘ri” xodimlar sharofati bilan koʻplab insayderlarning “qozoni qaynaydi”. Kompaniya “shpion” xodimlarini ushlab olganida odatda sudga beradi va ish bir necha ming dollar jarima bilan yakun topadi. Biroq, bu safar sodir boʻlgan voqea nafaqat alohida eslab oʻtishga va hattoki film olish uchun qiziqarli ssenariy boʻlishiga hech shubha yoʻq.

AQSh Adliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, voqea 2018-yilda sodir boʻlgan. Nima uchun bu ish oradan shuncha payt oʻtib ochiqlanganini taxmin qilish qiyin emas: oʻsha paytda Apple Car ishlab chiqilayotgani haqida hech kim bilmas edi va kompaniya holatga hech qanday izoh bermaslikka harakat qilgan. Gap shundaki, Veybao Van (sobiq xodimning ismi) Apple kompaniyasining toʻliq shtatda ishlaydigan xodimi boʻlgan bir paytda, Xitoy kompaniyalaridan biriga ishga joylashdi va bu haqda asosiy ish beruvchini xabardor qilishni “esidan chiqarib qoʻydi”.

U buni oʻz tashabbusi bilan qildimi yoki yoʻq — muhim emas, lekin yangi kompaniya bilan hamkorlik qilgan toʻrt oy davomida Veybao juda katta miqdordagi maʼlumotlarni yuklab oldi. Ularning aniq hajmi oshkor etilmagan, ammo Van oʻgʻirlagan maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida boʻlajak Apple elektromobilining bir nechta tizimlariga tegishli ekanligi maʼlum:

  • Avtopilot tizimi
  • Yoʻl obyektini aniqlash tizimi
  • Holatni rejalashtirish tizimi
  • Texnik jihozlarning joylashuvi
Jinoyatchi Apple Car’ga doir texnik hujjatlarni Airdrop orqali yuklab olgan.

Apple xodimining jazolanishi

Adliya vazirligining taʼkidlashicha, Van dasturiy taʼminot muhandisi boʻlgani uchun maxfiy ishlanmalarga cheksiz kirish huquqiga ega edi.

Ma’lumot uchun, Apple kompaniyasining 135 000 dan ortiq xodimlaridan faqat 2 700 nafari bunday imkoniyatga ega, tabiiyki, maʼlumotlar bazasi ham shu darajada yirik. Mazkur huquq beriladigan xodimlar astoydil oʻrganiladi.

Biroq har doim ham odamni qandayligini bilib boʻlmas ekan chogʻi.

Apple tezda bu yerda qandaydir shubhali ishlar boʻlayotganini payqadi va politsiyaga murojaat qildi. 2018-yil 27-iyunda huquq-tartibot idoralari Vanning uyini tintuv qilishdi va jinoiy ish uchun barcha dalillarni toʻpladi. Ammo ayblov darhol qoʻzgʻatilmagan. Bu Vanning qochishiga yordam berdi, chunki unga hech qanday ayblov qoʻyilmagani uchun AQShdan Guanchjouga uchib ketgan va oʻziga nisbatan ochilgan ish hamda suddan qochishga muvaffaq boʻlgan.

Apple Car haqida nimalar maʼlum?

Vangning qaysi davlat fuqarosi ekanligi rasman maʼlum qilinmagan. Lekin har qanday holatda ham, AQSh qonunlariga koʻra, u har bir ayblov uchun 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Agar Xitoy uni AQShga ekstraditsiya qilishga rozi boʻlsa, Van jazoga tortiladi.

Boshqa tarafdan, 2021-yilda Van oʻzi boshqariladigan avtomobillar yaratish bilan shugʻullanuvchi Jidu kompaniyasiga rahbar boʻlganini hisobga olsak, Xitoy endi uni Amerikaga topshirishi dargumon. Chunki bu kompaniya Baidu va Geely tomonidan moliyalashtiriladi.

Apple Car loyihasi (“Project Titan” yoki iCar) mish-mishlarga ko‘ra, 2023-yilda amalga oshirilishi mumkin, ammo so‘nggi maʼlumotlarga koʻra, reliz 2025-yilgacha qoldiriladi. Ammo shuni ham aytib oʻtish kerakki, loyihaning bir necha (kamida 6 yil) yillardan mavjudligi, qancha kuch va mablagʻ sarflanayotgani mashina chiqishini tezlatib qolmaydi. Apple kompaniyasining avtomobili tez orada chiqishi dargumon. Aksincha, xitoyliklar shunga oʻxshash elektromobilni tez orada taqdim etishi ehtimoli yuqlri, chunki ular iCar chizmalarini allaqachon qo‘lga kiritib bo‘lishgan.

Qanday qilib amerikalik huquq-tartibot idoralari xodimlari Vanni oʻtkazib yuborgani sirligicha qolmoqda. Axir uning uyini tintuv qilishgan boʻlsa, demak, unga tegishli sud sanksiyasi boʻlgan. Yaʼni, agar u hibsga olinmagan taqdirda ham Vandan davlatni tark etmaslik toʻgʻrisida yozma majburiyat olish muammo emas edi. Ayniqsa, qidiruv natijasida Van maxfiy maʼlumotlarni oʻgʻirlashda aybdor qilingan bir paytda bu juda muhim hisoblangan. Demak, bu yerda yoki ishga beparvolik boʻlgan, yoki Vanga yuqori martabali kimdir yordam bergan, deb taxmin qilish mumkin.

Yugurganniki emas, buyurganniki

2018-yildan beri Apple Carʼni ishlab chiqishda kamida uchta maʼlumot oʻgʻrisi aniqlangan, ular loyiha maʼlumotlarini oʻgʻirlab Xitoy avtomobil kompaniyalariga bermoqchi boʻlgan. Toʻgʻri, ularning hammasining ishi kompaniya uchun Vannikidan koʻra osonroq “bitkazilgan”: ayblanuvchilar hibsga olingan va sudlangan, baʼzilari aeroportdayoq ushlab olib qaytarilgan.

Endi shu paytgacha qancha “shovvozlar” haqida Apple bexabar yoki boxabarligini esa tasavvur qilish qiyin: baʼzilarini kompaniya koʻplab sabablarga koʻra ochiqlamasa, juda koʻp holatlarda oʻzlari ham bilmay qolishadi. Shu vajdan ham, bugungi kunda Xitoy elektromobillarida birorta innovatsiyani uchratib qolsak, aslo ajablanmasak ham boʻladi. Nima ham derdik: yugurganniki emas, buyurganniki.

Avvalroq Apple hali ishlab chiqarilmagan qurilma va ilovalar haqida maʼlumotlarni tarqatgan xodimni ayyorlik bilan topib, ishdan boʻshatgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04