Apple kompaniyasining ehtiyot qismlarini oʻgʻirlagan xodimi 3 yilga qamaldi

Mazkur qilmishi uchun xodim 3 yillik qamoq jazosi va 17 million dollar tovon pulini to‘lashga hukm qilindi.

Macrumors

Apple kompaniyasining sobiq xodimi Didrend Prasad kompaniyaga qarshi firibgarlikda aybdor deb topildi

Macrumors nashrining xabar berishicha, xodim 2008 va 2018-yillar oraligʻida Appleʼning global xizmatlar taʼminoti zanjiri boʻlimida ishlagan, uning vazifasi sotuvchilardan eski qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar va xizmatlarni sotib olish edi.

2011-yilda Prasad ishlatilgan ehtiyot qismlarni qabul qila boshlagan, hisob-fakturalarni koʻpaytirgan va texnik qismlarni o‘margan, bu esa Appleʼni olmagan qismlar hamda xizmatlar uchun toʻlashiga olib kelgan. 

Prasad bilan ikkita sotuvchi ishlagan. Ular kompaniyani komponentlar uchun ikki marta toʻlashiga sabab boʻlib oʻmarilgan texnik qismlarni sheriklari orqali qayta sotishdi. Natijada firibgarlar Appleʼni umumiy 17 million dollarga tunab ketishgan.

3 yillik qamoqdan soʻng Prasad doimiy politsiya nazorati ostida boʻladi.

Avvalroq Giglink.uz Tesla haydovchisiz boshqariladigan Model S avtohalokatida aybsiz deb topilgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26