Apple kompaniyasining sobiq dizayneri kaftida proyeksiyasi bor aqlli gadjetni namoyish etdi

Apple kompaniyasining sobiq xodimlari Imran Chaudri va Betani Bonjorno “Humane” startapining taqiladigan qurilmasini taqdim qildi. Gadjet smartfonga ulanmaydi, aksincha, shunchaki kiyimga taqiladi va shaxsiy yordamchi sifatida ishlatiladi.

Gadjet

  • qoʻngʻiroqlarga javob berish imkonini beradi;
  • turli ovozli yordamchilar, jumladan, “Google Assistant” bilan ishlaydi;
  • kalendar va elektron xatlar asosida kunlik reja tuzadi;
  • ovozni saqlab qolgan holda iboralarni tarjima qiladi;
  • oʻrnatilgan kamera va sunʼiy intellektdan foydalanib, u doʻkondagi mahsulotlarni foydalanuvchining parheziga koʻra moslashtirishga yoki obyektni aniqlashga asoslangan boshqa funksiyalarni qoʻllashga yordam beradi.

Qurilmaning demo versiyasi TED konferensiyasida namoyish etildi. Chiqarilish sanasi haqida hali hech qanday maʼlumot yoʻq. Startap 230 million dollar jalb qilgan. Investitsiya qilganlar orasida Microsoft, Volvo Cars Tech Fund, Qualcomm Ventures va OpenAI bosh direktori Sem Altman bor.

Avvalroq Xiaomi imo-ishoralar bilan boshqariladigan Mijia Pipi smart lampasini ishlab chiqqan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04