Apple ChatGPT kabi generativ AI mutaxassislarini izlamoqda

Kompaniya rasmiy sahifasida generativ AI mutaxassislari uchun kamida oʻnlab bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirdi.

Xususan, kompaniya ushbu sohada “gʻayrioddiy avtonom tizimlarni yaratishga ishtiyoqli” mashinalarni oʻrganish boʻyicha mutaxassislarni qidirmoqda. Ish oʻrinlari haqidagi eʼlonlar birinchi marta 27-aprelda, eng soʻnggi eʼlon shu hafta boshida eʼlon qilindi.

Ishga qabul qilingan xodimlar yangi mahsulotlar ishlab chiqaradimi yoki mavjudlarini yangilaydimi, hozircha maʼlum emas.
  • Ma’lumot uchun, Apple xodimlariga ChatGPT va boshqa chatbotlardan foydalanishni taqiqlagan.

Biroq, Apple sunʼiy intellektdan foydalanish usullarini yaratish va takomillashtirishda davom etayotgan boʻlsa-da, u soʻnggi paytlarda — Google va Amazon kabi boshqa yirik kompaniyalar qatorida — SI texnologiyalari fonida anchagina oqsayotgani sezilib qolmoqda. Yetakchilikni ayni paytda Microsoft tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan OpenAI kompaniyasi, Midjourney va Stability.AI qoʻlga olgan.

Kelayotgan oyda Apple WWDC 2023 tadbirini oʻtkazadi, tabiiyki, kuzatuvchilar taqdimotdan generativ sunʼiy intellekt sohasida biron bir yangilik boʻladimi yoki yoʻqligini bilishga qiziqishmoqda. Yangi iPhone va iPad dasturiy taʼminotining ishga tushirilishi bilan bir qatorda, kompaniya uzoq kutilgan AR/VR minigarniturasi ham nihoyat taqdim qiladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25