“Navbatdagi o’n yillik jangi”: Google kompaniyasi ChatGPT bilan bellashishga tayyorlanmoqda

Google kompaniyasining general direktori Sundar Pichaining so’zlariga ko’ra, kompaniya odamlarga "qidiruv uchun eng so'nggi va kuchli til modellari" bilan "to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish" imkonini berish orqali OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT bilan raqobatlashishga tayyorlanmoqda.

ChatGPT va DALL-E kabi tizimlarning qisqa muddat ichida mashhur boʻlib ketishi, shu paytgacha sunʼiy idrok boʻyicha qobiliyatlari bilan faxrlanib kelayotgan, bu sohada doimiy izlanish olib boradigan Google uchun kutilmagan chaqiriq boʻldi.

Google kompaniyasining general direktori Sundar Pichaining aytishicha, kompaniya 1 yildan beri insonlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻi muloqotga kirisha oladigan loyihalar tayyorlab kelyapti. Ularning birinchisi LaMDA – sunʼiy idrokning soʻzlashish modeli boʻldi.

Ayni paytda Google ChatGPT bilan bellasha oladigan chat-botlarni sinab koʻrmoqda. Bu matnni rasm yoki videoga aylantiruvchi sunʼiy intellekt asosidagi loyiha boʻlishi ham mumkin.

Maʼlumot uchun: paydo boʻlganiga 2 oy boʻlgan ChatGPT juda qisqa muddat ichida 100 mln foydalanuvchiga ega boʻldi (taqqoslash uchun bu muddat TikTokʼda – 9 oy, Instagram va Telegramda – 2,5 yildan).

CNBC nashriga koʻra, kompaniya ichki yozishmalarida Google sunʼiy idrok bilan ishlaydigan xodimlariga ChatGPT bilan ishlashga jiddiyroq yondashishni buyurgan. Garchi bu xabarni Google tasdiqlamagan boʻlsa ham, kompaniya vakili Lili Lin xodimlar sunʼiy intellekt yordamida ishlaydigan texnologiyani sinovdan oʻtkazayotganini, uning foydali yoki zararli boʻlishini tekshirishayotganini, tafsilotlar tez orada ochiqlanishini, maʼlum qilgan.

Shu oʻrinda shuni maʼlum qilish kerakki, sunʼiy idrok sohasidagi eʼtiborga molik boʻlgan oʻqilayotgan matnda xatboshi tashlash, rasmlar, musiqa va video kabi koʻplab texnologiyalar Google tomonidan ishlab chiqilgan.

“Shunday qilib, bizda mazkur sohaga nisbatan yetarlicha muhim qiziqishlar bor, biroq biz birinchilikka intilayotganimiz yoʻq, bizga sifatli texnologiyalar kerak”, – degan Zubin Gahramani, Google kompaniyasi tadqiqotlar boʻyicha vitse-prezidenti noyabr oyida bergan intervyusida.

Shuningdek, u taqdim qilinadigan texnologiya foydalanishga ochiq boʻlmasligini maʼlum qilgan: “Biz uni ommaga hech bir nazoratsiz foydalanish uchun ochiq qilmaymiz. Hozirgi bosqichda biz bunday qila olmaymiz”.

Biroq ular bunga ulgurmadi – mazkur intervyudan 4 hafta oʻtib OpenAI bepul va barcha uchun ochiq holda ChatGPTʼni taqdim qildi. Dunyo boʻylab millionlab kishilar undan allaqachon foydalanib boʻlishdi.

OpenAI oʻzining Google bilan taqqoslashlariga hech qanday izoh bermadi. Lekin yanvar oyidan hamkorlari safini kengaytirishini maʼlum qilgach, Microsoft bilan birgalikda “ishonch va xavfsizlikni taʼminlaydigan sunʼiy idrok mahsulotlari hamda tizimlarini” yaratishga intilishlarini aytdi.

Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan texnologiyalar inson kabi fikrlay olmaydi. Yozuvchi Robin Sloan fikriga koʻra, na ChatGPT va na Google yozuvchilar uchun varianti adabiy yordamchi boʻla olmaydi. Badiiy asarni faqatgina inson yoza oladi.

Til oʻrganishning boshqa modellari, jumladan OpenAIʼning GPT singari tizimlari, Googleʼning LaMDAʼsi oʻziga ishonarli matnlar yaratishi va minglab onlayn yozuvlar hamda raqamlashtirilgan kitoblarni qayta ishlashi asosida odamlar bilan muloqot qilishi mumkin. Meta va Facebookʼning otasi Amazon ham Alexa kabi ovozli yordamchilarni yaxshilay oladigan model ishlab chiqqan, shuningdek, elektron pochta jumlalarini davomiy taxmin qilib boradigan yoki real vaqtda tillarni tarjima qilish imkonini beruvchi oʻzlarining katta modellarini yaratdilar.

Google birinchi marta 2021-yilda oʻzining LaMDA modelini eʼlon qilganida, loyihaning koʻp qirraliligini taʼkidlash bilan birga uning notoʻgʻri yoki noxolis foydalanish xavfidan himoyalanmaganini, nafrat yoki chalgʻituvchi maʼlumotlarni ilgari surishi va kuchaytirishi ehtimolini oshirishi mumkinligini aytdi.

Baʼzi Wordcraft mualliflari uni tadqiqot vositasi sifatida foydali deb topdilar. Qidiruv tizimi sifatida Googleʼdan tezroq va aniqroq boʻlgan LaMDA berilgan savollarga javob berar ekan yozuvchi yoki rerayter sifatida unchalik zoʻr emasligi aytilgan.

Google kompaniyasining mazkur modellarni taqdim qilishi ichki noroziliklarni keltirib chiqardi, chunki kompaniya texnologiya keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xavflarni oʻrganayotgan tadqiqotchilarni ishdan boʻshatdi, oʻtgan yilda esa LaMDA bilan suhbatni ijtimoiy tarmoqqa joylagan muhandisni ishdan boʻshatdi. Mazkur suhbatda texnologiya unda insoniy “hislar va emotsiyalar” borligini yolgʻondan taʼkidlagan edi.

ChatGPT va uning raqobatchilari mashhur badiiy asarlar yoza olmasa ham, tez orada marketing takliflar tuzish, slayd-prezentatsiyalar yasash yoki kod yozish kabi professional vazifalarni bajarishni boshlashlari kutilmoqda.

“Agar siz savolingizga xato javob olsangiz, bu qidiruv tizimi uchun yomon”, Microsoft kompaniyasi Londondagi boʻlimi tahlilchisi.

Microsoftning ham yuqoridagilarga oʻxshash Bing nomli qidiruv tizimi mavjud. ChatGPTʼning javoblari anchayin eskirgan va tizim kelayotgan soʻrovlarga javob bera olish ehtimoli borgan savol ostida qolmoqda, shu tufayli u Googleʼga raqobatchi sifatida xavf tugʻdira olmaydi, deyiladi yana bir kompaniya mutaxassisi fikrida.

Garchi Google yangi raqibiga munosib javob berishga tayyorlanayotgani haqida taxminlar boʻlsada, kompaniya bu rasman inkor qilib kelmoqda. Hali ChatGPTʼdan oldin DALL-E (OpenAIʼga tegishli) taqdim etilgan paytda turli gap-soʻzlarga javoban Gahramani, “bu meni biroz gʻashimni keltiradi, chunki biz bu kabi texnologiyalarning juda koʻpini ishlab chiqqanmiz” degandi.

“Biz bu yerda “layklar” yoki kliklar olish uchun turganimiz yoʻq-ku, toʻgʻrimi?” – qoʻshimcha qilgan u, Googleʼning sunʼiy idrok sohasida olib borgan tadqiqotlarda ilgʻor ekanligiga ishora qilib.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04