Yangi Tesla Model 3 400 milya masofaga ega versiyasi faqatgina biznesmenlar uchun

Tesla Model 3 ning Long Range akkumulyatori va bitta RWD motorli yangi versiyasini chiqarayotganini eʼlon qildi. Biroq yangi elektromobil kam tirajda — Buyuk Britaniyadagi korxonalar uchun ishlab chiqariladi.

“Model 3 Long Range Rear-Wheel Drive 394 mil masofani (WLTP) bosib oʻtishga qodir boʻlib, ilgʻor zaryadlash qulayligiga ega va uni 46 990 funt sterling (~54 430$) boshlangʻich narxida taqdim qilmoqdamiz”, — yozadi Karen Bouen, Tesla kompaniyasining bosh hisob menejeri, oʻzining LinkedIn sahifasida.

Mazkur akkumulyator batareyasiga ega Modeli 3 Long Range ikkita motor oʻrniga faqat bitta orqa dvigatelga (privod) ega.

Maʼlumot uchun, hozirda Tesla Model 3 ning faqat uchta versiyasi sotuvda mavjud.

Yangi versiya narxi 46 990 funt sterling (~ 54 430 dollar) boʻlib, u standart diapazondan 4 000 funt sterlingga qimmatroq va oddiy 4x4 Long Range variantidan 4 000 funt sterlingga arzonroq.

Mazkur komplektatsiya boshqa 3 ta Model 3 lar orasida 394 milya WLTP masofasiga ega eng uzoq masofali Tesla Model 3 hisoblanadi.

Biroq, uni faqatgina biznes uchun xarid qilish mumkin, yetkazib berish esa iyun oyida boshlanadi.

Hozircha Buyuk Britaniyada sotuvga chiqariladigan Tesla yangi model variantini boshqa bozorlarda sotadimi-yoʻqmi, nomaʼlum.

Oldinroq Ilon Mask Tesla Cybertruck yetkazib berish qachon boshlanishini eʼlon qilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47