Dunyodagi eng ajabtovur qoʻlbola vertolyotlar beshligi

Vertolyotni uy sharoitida yasash mumkinligini hech tasavvur qilib koʻrganmisiz? Agar u 0 dan uyda terilib, tomorqada sinovdan oʻtkazilgan boʻlsachi? Quyida ana shunday uyda tayyorlangan 5 ta ajabtovur vertolyot modeli bilan tanishib chiqamiz.

5. Rotorway Scorpion II

Ushbu roʻyxatni B.J. Shramn ismli odam ishlab chiqqan Rotorway Scorpion II boshlab beradi.

Ilgari bir oʻrindiqli avtomobilni terib chiqib tajribaga ega boʻlgan Shramn ikki oʻrindiqli Scorpion II ni yaratishga qaror qildi.

Bu 201 km masofagacha uchadigan, zamonaviy koʻrinishga ega vertolyot. Kreyser tezligi 121 km/soat (75 milya). Qoʻlbola Rotorway Scorpion II uchun aslida bunday koʻrsatkichlar anchayin hayratlanarli.

4. Hungaro Copter

Hungaro Copter — havaskor uchuvchilar yoki dalahovli osmonida parvoz qilish uchun ajoyib tanlov. Bir kishilik mazkur vertolyot yoki yogʻingarchilikka moslashgan himoya oynalari, yoki old oynasiz ochiq kabinali koʻrinishda ishlab chiqilgan.

Yigʻish uchun 300 soat vaqt sarflangan vertolyot bitta asosiy va quyruq qismida joylashgan vint, qoʻnish moslamasi va 135 ot kuchiga ega toʻrt silindrli, toʻrt taktli dvigateldan iborat.

Uning avtomobil dvigateli 130 km/soat (81 milya) tezlikda harakatlana oladi.

3. Mosquito Ultralight

Bir qarashda muhandisning bunday vertolyotni terishdan maqsadi nima boʻlganini anglash qiyin: xoynahoy 20 000 dollar puli va 200 soat bekor vaqtini nimaga safrlashni bilmagan Jon Aptigrou “ultra-yengil pashsha” modelini yasagan.

Mosquito bir vaqtning oʻzida atigi 12 gallon yoqilgʻi olib yursa ham 241 km (150 milya) masofani taʼminlaydi.

Faqatgina yagona ochiq oʻrindiq va havo parragidan iborat mazkur vertolyotda parvoz qilish uchun nafaqat “yaxshigina summa” toʻlashingiz balki, sheryurak boʻlishingiz ham kerak.

Maʼlumot uchun, mazkur har tarafidan shamol esib turadigan vertolyot qoʻlbola modeli narxi — 47 ming dollar boʻlsa, zavodda terilgani 60 ming dollar ekan. 

2. XEL Composite-FX

XEL Composite-FX uchuvchi guvohnomasisiz yigʻish va uchish mumkin boʻlgan kam sonli vertolyot turlaridan biridir.

Vertolyot toʻplami uchuvchiga taxminan 100 km/soat (62 milya) tezlikda 45 daqiqa parvoz qilish imkonini beruvchi porshenli dvigatelni oʻz ichiga oladi.

Uning hatto qayiqsimon pastki balonlari bor boʻlib, koʻlda sayr qilish uchun bemalol borishingiz mumkin.

Yaxshi tarafi, model narxi atigi 41 000 dollar.

1. Vortech Skylark

Vortech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Skylark vertolyoti havaskor uchuvchilar uchun moʻljallangan.

Oddiy biroq noodatiy dizayniga qarab turib bu uchish moslamasining faqat havaskorlar uchun ishlab chiqilganini tushunish qiyin emas.

Vortech Skylark bitta asosiy havo parragi va bir oʻrindiqli ochiq kabinaga ega, old oynasi esa yoʻq.

U soatiga 153 km (95 milya) tezlikka erisha olganligi sababli, bu kamchiligini koʻzoynak taqish orqali berkitishingiz mumkin.

Avvalroq Oʻzbekistonda dronlardan foydalanish uchun ruxsatnoma olish haqida batafsil ma’lumot berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04
Bitcoin narxi tarixda ilk marta 77 ming dollardan oshdi
Ethereum narxi deyarli 3 ming dollarni tashkil etdi
Texnologiya
09 noyabr, 09:53
Samsung yangi buklanadigan W25 Flip smartfonini taqdim etdi
"Galaxy" qo'shimchasi yo'q, premium-klassdagi 1400 dollarlik smartfon.
Smartfon
08 noyabr, 17:29