Yoʻqolgan bola dron infraqizil kamerasi yordamida qutqarib olindi
Dronlar bolaning tana haroratini oʻlchagan va qidiruvchilarga aniq GPS koordinatalarini koʻrsatgan.
Hamilton okrugi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va West Polk yongʻin va qutqaruv xizmati issiqlik belgilarini aniqlash orqali yoʻqolgan bolani topish umidida ikki soat davomida tarmoq ustida uchta dronni uchirgan.
Hamilton okrugi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va West
Polk yongʻin va qutqaruv xizmati issiqlik belgilarini aniqlash orqali yoʻqolgan
bolani topish umidida ikki soat davomida tarmoq ustida uchta dronni uchirgan.
Hiwassee Dam oʻt oʻchirish boʻlimi boshligʻi Chad MakNabb dron kameralari bir necha soat ichida yoʻqolgan bolani muvaffaqiyatli topishga imkon berganini aytdi. Texnologiya qutqaruv operatsiyasiga jalb qilingan odamlar sonini ham sezilarli darajada kamaytiradi.
“Besh yil oldin, biz bunday boʻlishi mumkinligi tasavvur ham qila olmasdik”, deydi MakNabb. “Avvallari yuzlab qutqaruvchilar oʻrmonni kezib yurishar edi, aqalli biror biri yoʻqolgan insonni topib olishiga umid qilar edik”.
PetaPixel avvalroq havo operatori Dag Trone infraqizil va anʼanaviy kameralar bilan jihozlangan tijorat dronidan foydalanib, tabiiy ofat hududlarida, jumladan, yaqinda Ukrainada qoʻlga jabrlangan hayvonlarni topish va qutqarish haqida xabar bergan edi.
Mavzuga doir: ham suzadigan, ham uchadigan dron ixtiro qilindi.
Dronda jonzotning tana haroratini aniqlaydigan infraqizil kamera oʻrnatilgan, soʻngra kuchli zoom yordamida uning koʻrsatkichlari qanchalik toʻgʻri ekanligini tekshirishi mumkin.