Koinotda hayot bormi? Olimlar koinotda tiriklik alomatlarini yangicha uslubda izlashga kirishdi

Dunyoning toʻrtta yetakchi universiteti olimlari yerdan tashqarida hayotni izlash boʻyicha yangi tashabbusni boshlashdi. Bunda Yerdan tashqarida hayotni izlashda yangicha metod qoʻllaniladi.

Astrobiologlarning fikricha, oddiy organizmlar koinotga kirib boradi, biroq ular kamdan-kam hollarda rivojlangan sivilizatsiyalar darajasigacha rivojlanadilar. Bu haqida Financial Times nashri Twitterʼdagi blogida maʼlum qilgan.

Buyuk Britaniyaning Kembrij, AQShning Garvard va Chikago, Shveysariyaning ETH Zürich universitetlari shanba kuni Vashingtonda boʻlib oʻtgan Amerika fan taraqqiyoti assotsiatsiyasining yillik yigʻilishida Kelib chiqish federatsiyasi deb nomlanuvchi tashkilot tuzishdi.

“Men hayot koinotdagi fizika qonunlariga asoslanadi deb oʻylayman”, dedi Didye Kelo, Kembrij va ETHda universitetlari tashabbuskori. U 1990-yillarda maʼlum boʻlgan birinchi egzosayyorani — Quyoshdan boshqa yulduz atrofida aylanadigan sayyorani kashf etishda hissasini qoʻshgan edi.

Olimlarning taʼkidlashicha, yerdan tashqarida oddiy mikroblardan tortib rivojlangan sivilizatsiyalargacha boʻlgan istalgan turdagi hayot Mars va Yupiterning yoʻldoshlariga uyushtirilgan yangi sayyoralararo missiyalar, shuningdek, Jeyms Uebb teleskopi kabi izlanishlar natijasida topiladi. Tadqiqotlar shuningdek, Yerdagi hayotning sirli paydo boʻlishiga ham qaratilgan.

“Biz tarixning oʻziga xos davrida yashamoqdamiz, — dedi Keloz. — Olimlar 5000dan ortiq egzosayyoralarni aniqladilar, aytaylik, birgina Somon yoʻli galaktikasida milliardlab sayyoralar bor”.

“Koʻplab turdagi sayyoralarning kashf etilishi izlanish yoʻnalishini oʻzgartiradi”, dedi Keloz. “Biz juda koʻp xilma-xil sayyora tizimlarini kashf qildik va ularning aksariyati quyosh tizimidan juda farq qiladi”.

Uning Kembrijdagi hamkasbi, evolyutsion biolog Emili Mitchell, taxminan 4 milliard yil avval Yerda mikroblarning paydo boʻlgan boʻlsa, demak, galaktikamizda ham hayot keng tarqalgan, mazmunidagi taxminni ilgari surmoqda.

Mitchell laboratoriyasi Yerdagi birinchi mikroblarning dastlabki biokimyoviy evolyutsiyasiga tayanib yerdan tashqarida hayot paydo boʻlishi imkoniyatlarini izlamoqda. “Biz boshqa sayyoralarni oʻrganishni boshlaganimizda, — dedi u, “biosignaturalar yerdagi hayotning kelib chiqishi — bu shunchaki baxtli tasodifmi, yoki koinot qonuniyatining bir qismi ekanligini koʻrsatib berishi mumkin”.

Ammo yerdan tashqaridagi hayotning kashf etilishi, ehtimol, yagona hodisa boʻlmaydi. NASAning Goddard kosmik parvozlar markazi astrobiologi Xizer Grexem: “Hayot mavjudligi haqidagi teoriyalar bitta maʼlumotga asoslanmagan”, — dedi.

“Agar biz Marsda yuruvchi asbob yoki teleskop orqali kutilgan natijaga erishsak, buni tasdiqlash uchun boshqa yechimlarni qoʻllab koʻrishimiz kerak boʻladi. Biz hayotni va biosignaturani aniqlashda alohida izlanmayapmiz, balki hammasini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar toʻplami ustida ish olib bormoqdamiz.

Minnesota universitetidan Keyt Adamala oʻz laboratoriyasida oddiy sintetik hujayralar yaratib, hayotning kelib chiqishini oʻrganmoqda. “Kimyo hayotni yaratishi mumkin, ammo aqlli hayotni yaratish ancha qiyin”, — dedi u.

“Biroq agar topmasak, u holda eng rivojlangan sivilizatsiya sifatida tirik qolishimiz qiyin boʻlishi mumkin”.

Keytning fikriga koʻra, yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar ilgʻor texnologiyalari bilan oʻzlarini yoʻq qilishlari ehtimoli mavjud. Keloz ham uning koinotda yana bir rivojlangan sivilizatsiyani topish juda murakkabligiga ishonadi.

“Agar biz yana bir shunday rivojlangan hayot topganimizda ham bu oʻzimizni mahv qilishimizga ishlashi mumkin. Chunki barcha rivojlangan sivilizatsiyalar oʻzlari yaratgan texnologiyalar bilan oʻzlarini yoʻq qiladilar. Kim bilsin, balki bizni ham oʻziga xos oxir zamon kutayotgandir?” — dedi u bu borada.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10