Saturn atrofida yana 62 ta oy topildi: ular qanday paydo bo‘lgan?

Fevral oyida Yupiterda ilgari oʻylanganidan 12 ta koʻp yoʻldoshi borligi ma’lum bo‘lgan va u Quyosh tizimidagi eng koʻp yoʻldoshga ega sayyoraga aylangandi. Ammo endi birinchilik Saturnga o‘tdi.

Biroq, astronomlar Saturn atrofida 62 ta yangi yoʻldoshni kashf qilishi bilan Yupiter birinchilikni berib qoʻygani aniq. va u Quyosh tizimidagi eng koʻp yoʻldoshga ega boʻlgan sayyoraga aylangandi. Biroq, astronomlar Saturn atrofida 62 ta yangi yoʻldoshni kashf qilishi bilan Yupiter birinchilikni berib qoʻygani aniq. 

Shunday qilib, Saturn sunʼiy yoʻldoshlarining umumiy soni 145 tani tashkil etadi — Yupiterda esa 92 ta.

Yupiter Quyosh atrofida aylanadigan eng katta sayyora boʻlgani uchun ham eng koʻp sonli oylarga ega boʻlishi mantiqli. Biroq, kam oʻrganilgan va sirli Saturn bu borada oʻzib ketdi.

Albatta, Saturn yoʻldoshlarining yangi soni hali toʻliq tasdiqlanmagan.

Oylar qanday paydo bo‘lgan?

Olimlar tomonidan kashf etilgan bu yangi oylar tungi osmondan bizga maʼlum boʻlgan Oydan juda farq qiladi. Ular yonib turmaydi, hattoki Yer yoʻldoshi shakliga oʻxshamaydi — bu yangi oylar kosmosda sayyoralar atrofida suzuvchi kosmik boʻlaklar yoki kartoshka boʻlaklariga oʻxshaydi, deb yozadi The New York Times. Ular Mars va boshqa sayyoralar atrofida aylanadigan kichik yoʻldoshlardan qilmaydi.

Oylar kelib chiqishi borasida ham bir toʻxtamga kelinmagan — ular eski sayyoralar yoki kosmik obyektlarning toʻqnashuvidan hosil boʻlgan, deb faraz qilinadi, shu jumladan Yer yo‘ldoshi ham. Ammo bu taxmin tasdiqlanmagan va kelgusi yillardagi izlanishlar natijasida javobini topishiga umid qilinmoqda.

  • Avvalroq Giglink.uz Xabbl kosmik teleskopi koinotda yangi ulkan qora tuynuk aniqlangani haqida xabar bergandi. Topilgan qora tuynuk koinotda boshqa yana ikkita qora tuynukdan qochgancha ortidan iz qoldirib ketayotgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi uzoq kutilgan Redmi K80 Pro flagmanini taqdim etdi
Narxi: $511 dan boshlanadi, asosan o'yin ishqibozlariga mo'ljallangan.
Smartfon
29 noyabr, 08:56
Anthropic tomonidan ishlab chiqilgan Claude AI assistenti! AI yordamchilar uchun 'hamma narsaga ulanish' davri boshlandi.
Ushbu maqola Anthropic tomonidan taqdim etilgan Model Context Protocol haqida bo‘lib, texnik bilimga ega bo‘lmagan odamlar uchun ham oddiy va tushunarli tarzda izohlangan.
AI
26 noyabr, 22:36
BYD kompaniyasi O‘zbekistonga 7 yangi avtomobil taqdim etdi. Sotuvlar 2025-yilda boshlanadi
BYD O'zbekistonga 7 ta yangi elektr va gibrid avtomobilni olib keladi — narxlari 175 milliondan 2 milliard so'mgacha
Avto
26 noyabr, 10:41
Xiaomi $100 narxdagi 4 nm protsessorli superarzon smartfon chiqardi
Xiaomi yangi Redmi A4 5G smartfonini taqdim etdi. Bu dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 protsessoriga ega smartfon.
Smartfon
25 noyabr, 09:06