Yaponlar oltita robot qoʻlli ryukzak ishlab chiqdi

Tokio universiteti (Yaponiya) muhandislari va konstruktorlari oltitagacha robot qoʻlni bogʻlash mumkin boʻlgan ryukzak ishlab chiqdi. Qurilma Jizai Arms deb ataladi.

Jizai Arms kamar yordamida xuddi ryukzak kabi taqiladi yoki tanaga biriktiriladi. Tizim oltita portli modulli dizaynga ega. Ularning barchasi turli joylarga oʻrnatiladi, shunda oʻrnatilgan oyoq-qoʻllar bir-biriga halal bermaydi.

Qoʻlni tirsakdan alohida qilib yechish mumkin va zarur boʻlganda boshqa turdagi tutqichlar bilan almashtirsa bo‘ladi.

Biroq, bunday qurilmadan muntazam foydalanish qiyin va noqulay. Asosiy blokning ogʻirligi 4,1 kilogramm, agar siz unga toʻrtta qoʻl qoʻshsangiz, 14 kilogramm boʻladi.

Robot qoʻllarni boshqarish uchun olimlar shaxsiy kompyuterda maxsus dasturni, shuningdek, qoʻl-oyoqlari oʻrnatilgan asosiy blokning kichikroq variantiga oʻxshab ketadigan kontroller ishlab chiqqan. Undan foydalanuvchilar ham, operatorlar ham foydalanishlari mumkin.

Mualliflarning taʼkidlashicha, hozircha robot qoʻlli ryukzakning boshqaruv tizimi takomillashtirilmoqda. Bir vaqtning oʻzida bir nechta qoʻllarni boshqarish juda qiyin, buning uchun ular bir vaqtning oʻzida bir nechta operatorlar ishlashi kerak.

Ammo, boshqa bir yapon muhandislari buni neyrointerfeyslar yordamida amalga oshirish mumkinligini aytishgan edi. Demak, yangi ixtiro kelgusida mukammal ishlashiga umid qilamiz va yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.

Avvalroq Dyson havoni tozalovchi minigarnituralarini ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Dyson Zone Air Purifying ANC buklanadigan naushniklari 99% gacha zararli moddalardan himoyalovchi FFP2 sinf filtrlari orqali havoni intensiv tozalaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47