Yaponiya koinotdan quyosh energiyasini olmoqchi, ammo bu deyarli fantastika

Mamlakat 2015-yilda kosmik quyosh energiyasi sohasida muvaffaqiyatga erishgandi. Navbatdagi urinish 2025-yilda boʻlib oʻtadi.

Yaponiya va mamlakatning kosmik agentligi JAXA oʻnlab yillar davomida koinotdan quyosh energiyasini olishga harakat qilib kelmoqda. 2015-yilda JAXA olimlari 50 metrdan oshiq elektr choynakni simsiz qabul qiluvchiga quvvatlantirish uchun yetarli boʻlgan 1,8 kilovatt energiyani muvaffaqiyatli nurlantirishi bilan mamlakat katta muvaffaqiyatga erishdi.

Nikkei nashri xabar berishicha, Yaponiya davlat-xususiy hamkorligi 2025-yilda koinotdan quyosh energiyasini olishga harakat qiladi.

Keyin ular massivlar yigʻayotgan quyosh energiyasini yuzlab mil uzoqlikda — Yerda joylashgan qabul qilish stansiyalariga yuborishga harakat qilishadi.

Yerga energiya uzatish uchun orbital quyosh panellari va mikrotoʻlqinlardan foydalanish birinchi marta 1968-yilda taklif qilingan. Oʻshandan beri bir qancha davlatlar, jumladan, Xitoy va AQSh bu gʻoyani amalga oshirish uchun anchagina urindi. Ushbu texnologiyaning yaxshi tarafi — orbital quyosh panellari qayta tiklanadigan energiyaning cheksiz manbai ekanligida. Kosmosda quyosh panellari kecha-yu kunduz energiya yigʻa oladi va ular ishlab chiqaradigan quvvatni uzatish uchun mikrotoʻlqinlardan foydalanishi tufayli bunga bulutlar ham halal bermaydi.

Biroq, Yaponiya bir qator orbital quyosh massivlarini muvaffaqiyatli joylashtirgan taqdirda ham, texnologiya haqiqatdan koʻra ilmiy fantastikaga yaqinroq boʻladi. Buning sababi shundaki, 1 gigavatt quvvat yoki taxminan bitta yadro reaktori quvvatini ishlab chiqaradigan panelni ishlab chiqarish hozirda mavjud texnologiyalar bilan taxminan 7 milliard dollarga tushadi.

Avvalroq Yer sayyorasi Marsdan “oʻzga sayyoraliklar” signalini qabul qilib olish maqsadida tajriba boshlagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04