Yangi Apple MacBook Pro: M3, M3 Pro va M3 Max protsessorlari, narxi va dizayni

Apple 30-dan 31-oktyabriga oʻtar kechasi Scary Fast taqdimotini oʻtkazdi.

M3, M3 Pro va M3 Max protsessorlariga keladigan boʻlsak,

• M3 protsessorlari 3 nanometrli texnologiya yordamida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi chiplardir, deydi Apple. M3 unumdorligi M1 dan 35% gacha, 10 yadroli GPU unumdorligi 65% gacha yuqori hisoblanadi va 24 GB gacha boʻlgan xotirani qoʻllab-quvvatlaydi.

• M3 Pro grafik ishlashi M1 Proga qaraganda 40% gacha, protsessor unumdorligi 30% gacha tezroq. Xotira hajmi: 36 GB gacha. M3 Max ning 40 yadroli grafik chipi M1 Maxʼga nisbatan 50% gacha tezroq. 80% gacha yuqori unumdorlik, 128 GB gacha estrodiol xotirani qoʻllab-quvvatlaydi.

MacBook Pro

  •  Barcha noutbuklarning displeyi Liquid Retina XDR, yorqinligi 1000 nits. Qurilmalar 1080p kamera, Spatial Audio va Dolby Atmos-ni qoʻllab-quvvatlovchi oltita dinamik va uchta mikrofon bilan jihozlangan.
  •  M3ʼdagi 14 dyuymli MacBook Pro oldingi modellar dizayniga oʻxshab ketadi. Noutbuk kosmik kulrang va kumush ranglarda mavjud. Video yoqilgan holatida batareya quvvati 22 soatgacha yetadi.

M3 Pro yoki M3 Max protsessorli MacBook Pro 14 dyuym va 16 dyuymli displey oʻlchamlarida taqdim etilgan. Qurilmalar bir xil dizaynni saqlab qolgan, ammo ranglardan kumushrang va qora rangli versiyalari bor xolos. 14 dyuymli modelning batareya quvvati 18 soatgacha, 16 dyuymli modelning batareyasi bir martalik quvvati esa 22 soatgacha ishlaydi.

Kosmik qora rangdagi MacBook Pro 
Kosmik qora rangdagi MacBook Pro 
MacBook Pro M3 narxi 1599 dollar. 14 dyuymli MacBook Pro M3 Pro 1999 dollar, 16 dyuymlisi 2499 dollar turadi.

Apple oldindan buyurtmalarni ochgan va rasmiy sotuvlar 2023-yil 7-noyabrdan boshlanadi. M3 Maxʼli modellar “noyabr oyidan keyin” 3199 dollardan boshlangan narxda sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi uzoq kutilgan Redmi K80 Pro flagmanini taqdim etdi
Narxi: $511 dan boshlanadi, asosan o'yin ishqibozlariga mo'ljallangan.
Smartfon
29 noyabr, 08:56
Anthropic tomonidan ishlab chiqilgan Claude AI assistenti! AI yordamchilar uchun 'hamma narsaga ulanish' davri boshlandi.
Ushbu maqola Anthropic tomonidan taqdim etilgan Model Context Protocol haqida bo‘lib, texnik bilimga ega bo‘lmagan odamlar uchun ham oddiy va tushunarli tarzda izohlangan.
AI
26 noyabr, 22:36
BYD kompaniyasi O‘zbekistonga 7 yangi avtomobil taqdim etdi. Sotuvlar 2025-yilda boshlanadi
BYD O'zbekistonga 7 ta yangi elektr va gibrid avtomobilni olib keladi — narxlari 175 milliondan 2 milliard so'mgacha
Avto
26 noyabr, 10:41
Xiaomi $100 narxdagi 4 nm protsessorli superarzon smartfon chiqardi
Xiaomi yangi Redmi A4 5G smartfonini taqdim etdi. Bu dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 protsessoriga ega smartfon.
Smartfon
25 noyabr, 09:06