Xitoy oy tuprogʻidan 3D gʻisht bosib chiqarmoqchi

“Gʻisht quyar” 3D robot prototipi Changʻe-8 deb nomlanuvchi oy missiyasi doirasida janubiy qutbga uchadi.

Xitoy 2030-yilgacha Oyda doimiy baza qurish maqsadida oy regolit gʻishtlarini bosib chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi.

Mamlakatning Changʻe-8 missiyasi taxminan 2028-yilda Oyga qoʻnishi kerak. Taxminlarga koʻra, missiya oy yuzasida sinovlar oʻtkazish yoki Yer yoʻldoshida topilgan resurslardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.

Shu hafta Uxandagi konferensiyada toʻplangan olimlar Oy yuzasidan materiallardan foydalangan holda 3D bosma gʻishtlarni quyish usullarini muhokama qilgan, deya xabar beradi China Science Daily.

Maʼlumot uchun, koinotda 3D bosib chiqarish koʻp yillardan beri sinab kelinayotgan boʻlib, Yevropa kosmik agentligi ham aynan shu yoʻnalishga eʼtiborini qaratgan.

Oy regolitidan yasalgan gʻishtlar Yerga olib tushilmaydi, balki Oyni oʻzida foydalanish uchun ishlatiladi. Chunki yangi qurilish xomashyosi kosmosga olib chiqiladigan manbalar hajmi va mablagʻni tejashga yordam beradi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35