Xiaomi’dan bastakorlar uchun “ilhom parisi” — musiqa yozib oluvchi smart chiroq sotuvga chiqarilmoqda

Xiaomi fortepiano chalish uchun maxsus smart-chiroq ishlab chiqdi. Narxi 100 dollar bo‘lgan mazkur chiroqni oddiy chiroqlardan nima farqi bor, deyishga shoshilmang. Gadjet ijod qilish uchun bir qator qulayliklarga ega.

ixbt.com

Xiaomi Mijia Smart Piano Lamp — yuqori sifatli koʻk LED yorug‘ligini tarqatuvchi aqlli chiroq bo‘lib, fortepianoga o‘rnatiladi. Gadjet yorugʻligi barcha 88ta klavishlarni qamrab oladi.

Dizayn chiroq nurini inson koʻziga ta'sir qilishiga yoʻl qoʻymaydigan tarzda yaratilgan. Chiroqda harakatni aniqlash funksiyasi ham mavjud, pianino oʻrindigʻiga oʻtirsangiz chiroq yonadi, tursangiz oʻchadi. Ijodkor musiqa asbobiga yaqinlashishi bilanoq avtomatik yonuvchi Mijia Smart Piano Lamp, musiqa tugab bastakor joyidan turgach o‘chadi.

Mijia ilovasidan foydalanib, chiroq pianino chalish vaqtini ham yozib olishi mumkin, bu esa ota-onalarga farzandlarining aslida qancha vaqt shugʻullanishlarini masofadan turib bilishga yordam beradi.

Xiaomi Mijia Smart Piano Lamp joriy yilning 21-mart kuni Xitoyda 100 dollardan sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51