Xiaomi zaryadi 100 soatga yetuvchi suvdan himoyalangan matryoshka-chiroq ishlab chiqdi
Gadjet energiya saqlash, dizayn, suv va changdan himoyalanganlik borasida sezilarli ustunlikka ega. Narxi esa “arzimagan” summa.
Xiaomiʼning yangi Mijia Split nomli lampasi noodatiy dizayn va aqlli funksiyalarga ega uy, pikniklar va sayohatlar uchun moʻljallangan.
Chiroq tuzilishi jihatidan ruslarning matryoshka oʻyinchogʻini eslatib yuboradi: smart-chiroq ichida yana bir kichik chiroq bor, u stol yoki chodirni yoritishga moʻljallangan. Asosiy chiroqni esa koʻchaga qoʻyish mumkin: gadjet IP54 standarti boʻyicha himoyalangan.
Gadjet 100 soat davomida quvvatlanmasdan yonib turishi mumkin: oʻrnatilgan 4800 mA/soat kuchdagi akkumulyator energiya saqlashga moʻljallangan boʻlib, uni USB-C orqali quvvatlantirish mumkin. Mijia Split shuningdek, Bluetooth smartfon boshqaruvini qoʻllab-quvvatlaydi. Misol uchun, uning yordamida yorugʻlikning yorqinligini oʻzgartirishingiz va yotishdan oldin chiroqlarni avtomatik ravishda oʻchirishni sozlashingiz mumkin.
Qayerdan xarid qilsa boʻladi?
Mijia Split sotuvi 16-martdan boshlanadi. Narxi atigi 29 dollar (taxminan 330 ming soʻm). . Avvaliga Xitoyda sotuvga chiqariladi, soʻngra eksportga chiqarilishi mumkin. Biz esa keyingi qishgacha yurtdoshlarimiz ham mazkur 100 soatga chidamli chiroqlarni sotib olish imkoniga ega boʻlishadi, deb umid qilamiz..