Windows 11da sezilarli oʻzgartirishlar paydo boʻldi. Endi iPhone foydalanuvchilari telefonini kompyuteriga ulashi mumkin

Microsoft telefonni kompyuterga ulashi imkonini beruvchi Phone Link qo‘shdi, yangilanishlar ro‘yxatida sun’iy intellekt ham bor.

Kompaniyaning maʼlum qilishicha, iPhone Link Bluetooth orqali kompyuterga ulanadigan yordamchi dasturni oʻrnatish orqali ishlaydi. Ulangandan soʻng, foydalanuvchilar oʻz telefonlari bildirishnomalarini shaxsiy kompyuterlari bildirishnoma qatorida koʻrishlari va boshqarishlari mumkin. Bunda SMS-xabarlarga javob berish mumkin, biroq funksiya guruh chatlarga javob berish hamda media-fayllar yuborish uchun ishlamaydi.

Microsoft vaqt oʻtishi bilan Phone Linkʼga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshish ustida ishlamoqda. Misol uchun, Android telefonlari Phone Link ilovasi orqali rasmlarini kompyuterga oʻtkazish kabi.

Phone Linkʼni Microsoft kompaniyasi Windows 11 uchun 2021-yil oktyabr oyidan beri ishga tushirishga tayyorlanib kelayotgandi.

Windows Insider xabar berishicha, Phone Link Mac va iPhoneʼni ulash uchun ham xizmat qiladi. U Apple Continuityʼga oʻxshaydi. Continuity ancha rivojlangan tizimga ega boʻlib, u SMS-xabarlar va qoʻngʻiroqlarga javob berish, Safari yoki Notes kabi ilovalardan foydalanish, kontentni nusxalash va joylashtirish, Apple Watch yordamida qurilmalarni blokdan chiqarish kabi funksiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq, hozircha Phone Link hali bu funksiyalarni qoʻllab-quvvatlamaydi.

Phone Link kelgusida foydali va mashhur boʻladimi yoki yoʻq, buni vaqt koʻrsatadi. 

Barcha yangilanishlar

Windows 11dagi boshqa yangilanishlar ham anchayin ahamiyatga ega boʻlib, ular quyidagilar boʻlmoqda:

  • ChatGPT va Bing qidiruvi vazifalar paneliga qoʻshildi;
  • “Qaychi” (“ножницы”) endi ekranda tasvir yozib olishi mumkin;
  • Energiya (Batareya) tejash  uchun koʻproq tavsiyalar beradi;
  • Vidjet tizimi takomillashtirildi;
  • Bloknotda qoʻshimcha boʻlimlar paydo boʻldi;
  • iPhoneʼdan SMS-xabarlarni yuborish va qabul qilish uchun Phone Link beta-versiyasi kiritildi.

Yangilangan Windows 11ni “Windows yangilanish markazi” (Центр обновления Windows) orqali yuklab olish mumkin.


Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56