Windows 11 rasmlardagi keraksiz obyektlarni osongina olib tashlash funksiyasiga ega boʻldi

Spot Fix deb nomlanuvchi yangi funksiya tasvirdagi istalgan kamchilikni bir necha soniyalarda bartaraf qiladi. Buning uchun alohida ilova yuklash yoki pullik obunalar o‘rnatish kerak bo‘lmaydi.

Windows 11 yangi foydali funksiya —eng oson yoʻl bilan rasmlardagi keraksiz narsalarni olib tashlash xususiyatiga ega boʻldi.

U Spot Fix deb ataladi va standart Photo ilovasiga oʻrnatilgan boʻlib, masalan, fonda tasodifan ramkaga tushib qolgan odamni, qandaydir nuqson yoki koʻrinishni buzadigan narsalarni olib tashlashni osonlashtiradi.

Kerakli joylarni tezroq va aniqroq tanlash uchun instrument oʻlchamini sozlash mumkin, olib tashlash jarayonining oʻzi esa bor-yoʻgʻi bir necha soniyani tashkil qiladi.

Hozircha bu xususiyat faqat Windows Insider dasturi aʼzolari uchun tizimning oldindan tuzilgan versiyasida mavjud. Photo yangi funksiyasi kelgusi oylarda taqdim qilinadigan yangilanishlar bilan birga foydalanishga chiqariladi.

Avvalroq TikTok’da sun’iy intellekt asosida profil rasmlari tayyorlash funksiyasi paydo bo‘lgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47