Windows 11 endi Android ilovalarining tezroq ishlashini ta’minlaydi
Texnologiya
15 aprel, 09:35
Endi Windows tizimida Android ilovalaridan foydalanganda ishlash har doimgidan osonroq boʻladi. Shuningdek, Linux va ilovalar xavfsizligi borasida o‘zgarishlar bo‘ladi.
Yangilanishlarning qisqacha mazmuni esa quyidagilardan iborat:
- Microsoft yaqinda Windows insayderlariga Android uchun Windows quyi tizimiga yangilanish yuborganini maʼlum qilgan.
- Android uchun Windows quyi tizimi endi minimal resurslarda ishlaydigan, lekin ilovalarni kerakli rejimga qaraganda tezroq ishga tushirish imkonini beruvchi “Qisman ishlayotgan” tizimga ega.
Microsoft Android uchun Windows quyi tizimi (WSA) uchun bir qator yangilanishlarni tayyorlamoqda. Yangilanish barcha Windows Insider kanallarini qamrab oldi. WSA yangilanib 2303.40000.3.0 versiyasiga oʻtib bir nechta muhim xususiyatlarga ega boʻlmoqda.
Shuningdek, qoʻshimcha tizim yangilanishlari ham maʼlum qilingan. Unga koʻra,
- Linux yadrosi 5.15.78 ga yangilandi.
- Platformaning ishonchliligini oshirildi.
- Android 13 xavfsizlik yangilanishlariga ega boʻldi.
Avvalroq Giglink.uz Windows 10 va macOS uchun eng koʻp foydalaniladigan klaviaturalar ro‘yxatini taqdim etgan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar
Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04