Stiv Voznyak Tesla avtopiloti yoʻlovchilarni halok qilishidan ogohlantirdi
Texnologiya
04 may, 10:30
Apple asoschilaridan biri bo‘lgan Stiv Voznyak CNN telekanaliga bergan intervyusida Tesla haydovchisiz boshqariladigan mashinalarini tanqid qildi. Uning fikricha, sunʼiy intellekt koʻpincha xatoga yoʻl qoʻyadi va istalgan paytda avtomobil egalarini oʻldirishga harakat qiladi.

Men bu narsalarga [avtopilot] juda ham ishonardim va ular haqiqatga yaqin ham emas. Agar siz sunʼiy intellekt qanday xatoga yoʻl qoʻyishini, qanchalik koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlishini va istalgan qulay vaziyatda sizni oʻldirishga harakat qilishini bilmoqchi boʻlsangiz, Tesla sotib oling (CNN).
Voznyak oʻzining ilk Tesla Model S ni 2013-yilda sotib olgan va keyin uni Chevrolet Boltga almashtirgandi. 2016-yilda Tesla kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan Model S ni taqdim qilganidan soʻng yana ushbu modelni sotib olgan.
Avvalroq taniqli brend mashinalaridagi favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimlarining sinovdan o‘tkazilishi videosi taqdim qilingan edi. Unga ko‘ra, Tesla avtomobili yuqori va eng ishonchli natijalar bilan xavfsiz brend nomiga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya

Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon

Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon

Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon