Starlink yordamida mashina soatiga 80 mil tezlikda ishlaydigan WiFi routeriga aylantirildi

YouTube blogeri MikeOnSpace oʻz mashinasini Starlink Roam — Ilon Maskning internet xizmati yordamida soatiga 80 mil tezlikda ishlaydigan Wi-Fi routerga aylantirib koʻrsatdi.

Buning uchun u Starlink sunʼiy yoʻldosh antennasini mashinasining usti qismiga bogʻladi.

Starlink — bu sunʼiy yoʻldoshlar turkumidan foydalangan holda butun dunyo boʻylab Internetga kirishni taʼminlaydigan xizmat.Sunʼiy yoʻldoshlar Ilon Maskning kosmik kompaniyasi SpaceX tomonidan boshqariladi va ishlab chiqariladi.
Tizimning butun mohiyati shundaki, u yer usti va ostida, turli sabablarga koʻra barqaror ulanishga imkon bermaydigan joylarda internetga ulanishni taʼminlashi kerak.
Starlink hozirda 50 dan ortiq mamlakatlarga xizmat koʻrsatadi va SpaceXʼga 40 dan ortiq sunʼiy yoʻldoshlar qoʻshilgani maʼlum qilingan. Soʻnggi oylarda kompaniya odamlarga yoʻlda sun’iy yo‘ldosh foydalanish imkonini beruvchi Starlink Roam yangi funksiyasini ishga tushirdi.

Mayk odamlar Starlink Roamʼni yuk mashinalarida balonda ishlatayotgani haqidagi xabarlarga duch keldi va buni oʻzi sinab koʻrishga qaror qildi.

Nazariy jihatdan, Mayk Starlink Roam hatto harakatlanayotganda ham uzluksiz ishlashi kerakligini bilar edi.

Starlink qoidasiga koʻra u maʼlum bir hududda, aytaylik, faqat biror mamlakatning ichida ishlashi kafolatlanadi.

Mayk Starlink tarelkasini moslashtirish uchun uni ajratib oʻzgartirishni boshladi.

U bir nechta qoʻshimcha qismlarni olib tashladi va plastinkani magnitga va magnitni mashinaning tomiga ulash uchun rezina qoplangan magnitdan foydalandi.

Magistral yoʻlda, soatiga 80 milya (130 km) tezlikka erishgandan soʻng, haqiqiy sinov boshlanadi.

Birinchidan, Mayk tarelkaning tomga mahkam yopishtirilganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Ikkinchidan, ruter qanchalik aniq ishlashini koʻrishi kerak.

Natijada 80 milya tezlikda ham signal kuchli boʻlib xizmat barqaror va ishonchli ishladi.

Magistral yoʻlda Starlink oʻsha-oʻsha 257MB/s (sekundiga megabayt) va 13MB/s yuklash tezligini kafolatladi.

Maʼlumot uchun, bu Kanadadagi oʻrtacha xonadon interneti ulanishidan tezroq.

Avvalroq boshqa bir muhandis Devid Bouen devorda o‘sib chiqqan oʻsimlikka robot qoʻl o‘rnatgani ko‘rsatilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33