SpaceX kompaniyasi 14 yoshli Kayren Kvazini ishga oldi.

Bu o‘smir Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar jamoasiga qo‘shiladigan bo‘ldi

Kayren Kvazi yaqinda Kaliforniyadagi Santa Klara universitetining Muhandislik maktabini tugatib bakalavr diplomini olgandi. U ushbu o‘quv dargohi tarixidagi eng yosh bitiruvchi hisoblanadi.

Avvalroq Kvazi Intel kompaniyasida amaliyot o‘tab, u yerda sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullangan edi. 2022-yilda esa u kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Blackbird.AI kompaniyasida amaliyot o‘tadi. Kayren Kvazi bu kompaniyada ijtimoiy tarmoqlarda kontentdan foydalanib hiyla ishlatish holatlarini aniqlash uchun algoritm ishlab chiqishga yordamlashgan.

O‘qishi davomida u talabalar o‘zini o‘zi boshqaruvida ishtirok etgan va hatto boshqa talabalarga darslar ham o‘tgan. Shu tariqa Kayren Kvazi talab eng kuchli bo‘lgan repetitorlardan biriga aylangandi, - deyiladi universitetning LinkedIndagi sahifasida.

The Seattle Times ma’lumotlariga ko‘ra, Kayren Kvazi ikki yoshidayoq «to‘liq jumlalar tuzib, gapira olgan», to‘qqiz yoshida esa u maktab dasturidan ilgarilab ketayotganligini tushunib yetdi va Kaliforniya munisipial kollejiga o‘qishga kirdi. Santa-Klara universiteti uni 11 yoshida qabul qildi.

Endi bu o‘smir Vashington shtati Redmond shahridagi SpaceXda ish boshlash uchun Kaliforniyaning Plezantonasidan onasi bilan birga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa u Starlink sun’iy yo‘ldoshlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar jamosining azosiga aylanadi.

“Men Starlink muhandislar jamoasining dasturchisi sifatida Yer yuzidagi eng zo‘r kompaniyaga qo‘shilayapman. SpaceX mening yoshimga voyaga yetganlik va qobiliyatlarning mantiqsiz va eskirgan ko‘rsatkichi sifatida qaramagan tengi yo‘q kompaniyalardan biridir», — deb yozdi Kvazi LinkedIndagi postida.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51