Nufuzli Sony World Photography Awards hakamlar hayʼatining fikricha, vulqonning qush parvozi balandligidan koʻrinishi, Ukrainadagi vayron boʻlgan binolar va it portreti oʻtgan yil davomida olingan dunyodagi eng yaxshi kadrlar hisoblanadi.
Seshanba kuni Butunjahon Fotosuratlar Tashkiloti portret, sport, landshaft va atrof-muhitni qamrab olgan tanlovda 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni eʼlon qildi (g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan rasmlar maqolaning oxirida >>).
Tanlovga yuborilgan 415 000 dan ortiq rasmlar ichidan 180 000 dan koʻprogʻi professional deb topilgan. Bu tanlovning 16 yillik tarixida eng koʻp natija hisoblanadi.
Har bir nominatsiya boʻyicha uchta finalchi va 5-7 ta fotograf saralab olindi. Tanlangan suratlar Xitoydagi tashlandiq sement zavodidan tortib, Somalidagi baliq bozorigacha boʻlgan 30 dan ortiq mamlakat boʻylab tushirilgan professional kadrlarni oʻz ichiga olgan.
“Oʻziga xos yondashuvga ega” natijalarni izlashda hakamlar hayʼati raisi Mayk Trou bu yilgi saralashni “hayajonli va mashaqqatli” deb atadi:
“Ular siyosiy, ekologik va ijtimoiy qarashlarni chuqurroq ifodalab berishgan”.