Samsung Galaxy S23 flagmanlarini taqdim etdi

Janubiy Koreya brendi yana 3 ta yangi smartfonni ommaga namoyish etdi: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra.

Foto: Samsung

Taqdimot marosimi kompaniyaning YouTube kanalida namoyish etildi.

Har uchchala model ham kuchli Qualcomm chipi va yaxshilangan oldi kameralarga ega. 2023-yilning fevral oyidagi dastlabki flagmanlar nimalarga qodirligi haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Shunday qilib, Galaxy S23 liniyasining modellari hozirgi davrning eng kuchli mobil chipi - Snapdragon 8 Gen'ga ega bo‘lgan holatda ishlab chiqarildi.

Aytish kerakki, bu hozirgi Android smartfonlar uchun mavjud bo‘lgan eng kuchli Snapdragon chipseti hisoblanadi.

Kompaniya o‘zining Exynos protsessoridan hatto mahalliy bozorlar uchun telefon ishlab chiqarishda foydalanmaydigan bo‘ldi ya'ni ulardan voz kechdi.

Ushbu seriyaning eng kichkina modeli Galaxy S23, o‘tgan yilgisiga nisbatan ancha yorqinroq displeyga ega.

Galaxy S23+ modeliga kelsak, uning 6,6 dyuymli ekrani oddiy modelnikidek xususiyatga ega.

Suratga olish boʻyicha eng yaxshi model deb Galaxy S23 Ultra smartfonini tan olishdi. U 200 megapikselli ISOCELL HP2 sensoriga ega boʻlib, yorugʻlik past sharoitda ham ayniqsa yaxshi ishlaydi.

Galaxy seriyasining yana bir sezilarli oʻzgarishlaridan biri — uning xotirasida.

Galaxy S23'ning oʻzi 128 GB xotira bilan boshlanadi yani 64 GB lik xotira yoʻq. Plus va Ultra modellar esa 256 GB dan boshlanadi.

Yana ushbu smartfonlar ekrani Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan, bu esa ekranidagi sinish darajasini pasaytiradi.

Wi-fi 6E texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

Narxlar

Samsung Galaxy S23: 799 dollar

Samsung Galaxy S23 +: 999 dollar

Samsung Galaxy S23 Ultra:1199 dollar

Samsung rasmiy veb-saytida mazkur smartfonlarga oldindan buyurtma berish mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17