Safari dunyodagi ikkinchi eng mashhur brauzerga aylandi. Birinchisi qaysi?

Saytlar maʼlumotlari asosida brauzerlarning ommabopligini aniqlaydigan Service Statcounter xizmati Safari yana dunyoda eng koʻp ishlatiladigan brauzerlardan biriga aylanganini maʼlum qildi.

Demak, eng ommabop 6 ta brauzerlar:

  1. Google Chrome: 66,13%
  2. Safari: 11,87%
  3. Microsoft Edge: 11%
  4. Firefox: 5,65%
  5. Opera: 3,09%
  6. Internet Explorer: 0,55%
2022-yilga nisbatan Safari 2 foizga, Microsoft Edge 1 foizga oʻsgan.

Shunga qaramay, Safari baʼzi soʻnggi veb-standartlarni qoʻllab-quvvatlash borasida raqobatchilaridan ortda qolmoqda, bu esa baʼzilarni boshqa brauzerlarni yuklab olishga undamoqda.

Boshqa tomondan, Microsoft Edge veb-brauzerini koʻproq foydalanuvchilarga yetkazish uchun sunʼiy intellektga asoslangan funksiyalarga pul tikmoqda. Kompaniya Bing Searchʼni ChatGPT va mashhur DALL∙E tasvir generatori bilan birlashtirgan.

Apple iyun oyida WWDC 2023 koʻrgazmasida Safari uchun asosiy yangilanishlarni eʼlon qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Google Chromeʼda alohida matnga havola bogʻlash imkoniyati paydo boʻlgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04