Google Chromeʼda alohida matnga havola bogʻlash imkoniyati paydo boʻldi. Bu qanday ishlaydi?

Odatda uzundan-uzun maqola, yangilik yoki veb sahifadagi biror-bir gap yoki xabarni ulashish uchun butun boshli veb sahifaning havolasini yuborishga yoki oʻsha manbani skrinshot qilib olishga toʻgʻri keladi. Endilikda Chromeʼning Copy Link to Highlight funksiyasi yordamida maʼlum bir gap yoki qismga olib boruvchi havolani ulashishingiz mumkin.

The Verge

Bu nega kerak oʻzi?

Aytaylik, juda uzun maqoladagi bir qiziqarli faktni doʻstlaringizga ulashmoqchisiz va ijtimoiy tarmoq yoki blog postingizni oʻqiyotgan odamlar aynan oʻsha faktni qiynalmasdan topib oʻqishini istaysiz. Yangi funksiya bilan shunday holatlarda skrinshot olib uni tagidan havola joylab oʻtirmaysizda shunchaki faktni oʻzini belgilab undagi havolani yuborib qoʻya qolasiz.

Bu asosan manbalar bilan ishlaydiganlar, jurnalist va blogerlar uchun juda qoʻl keladi, ishni osonlashtirib vaqtni tejaydi.

Yangi funksiyadan foydalanish:

  • Kerakli soʻz, ibora yoki boʻlimni belgilang.
  • Tanlangan gap ustiga sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va Copy Link to Highlight (“Tanlanganlar uchun havolani nusxalash”)ni tanlang.
  • Koʻchirilgan havoladan blogingiz, ijtimoiy tarmoqdagi postingiz yoki boshqa joyda foydalaning. Kimdir ushbu havolani bosganida, u toʻgʻridan-toʻgʻri veb sahifaning siz belgilagan boʻlimiga oʻtadi.

Oldinroq Opera o‘zining One — “kelajak brauzeri” ishlab chiqqani, shuningdek, an’anaviy brauzeriga bepul VPN qo‘shgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47