Redneck muhandislari gʻildiraklari boʻlingan dunyodagi birinchi mototsiklni yigʻishdi

Bu dunyodagi birinchi gʻildiraklari boʻlingan mototsikl boʻlib, ajoyib muhandislik mahsuli, desak adashmaymiz.

Bu dunyodagi birinchi gʻildiraklari boʻlingan mototsikl boʻlib, ajoyib muhandislik mahsuli desak adashmaymiz. Bikes and Beards kompaniyasining yigitlari tomonidan yaratilgan mototsikl gʻoyasini ular xuddi shunday gʻildiraklari boʻlingan velosipeddan olishdi.

Muhandislar oʻzlari ishlab chiqqan mazkur gʻoya haqida shunday fikr bildirgan: “Velosipedda bajarish mumkin boʻlgan barcha harakatlarni bu mototsiklda ham qilsa boʻladi”.

Mototsikl yigʻilishi

Shon Ker va Kreyg Honda CBR modelidan foydalangan holda mototsikl zanjirini uzaytirishdi va orqa tarafiga qoʻshimcha gʻildirak qoʻshishdi. Yigitlarning aytishi boʻyicha, avvaliga hammasi juda oson tuyildi, ammo asta-sekin muammolarga duch kelishni boshladik. Shu sababli gʻildirakni boshqa tishli gʻildirakka almashtirishga qaror qilishdi, chunki shunday qilinsa, orqa gʻildiraklarni boshqarish mumkin boʻlardi.

“C” shina

Keyingi bosqich shinalar edi.

Birinchidan, ular yarmini kesib, shaklni saqlab qolish uchun ularni Styrofoam koʻpigi bilan toʻldirishga qaror qilishdi. Ammo koʻpik bu ishni toʻliq bajara olmadi, shuning uchun ular shinalarni truba bilan toʻldirishdi.

“Bu borada deyarli ikki kun ishlagandan soʻng, ishlar biz oʻylagandan ham yaxshiroq boʻlishni boshladi”, dedi Kerr.

Gʻildiraklar joyiga qoʻyilgandan soʻng, ular mototsiklni sinovdan oʻtkazishdi va mukammal boʻlmasa-da, mototsikl yurdi. Bir shina boshqasidan kattaroqligi uchun u tebranib yurdi. Ammo tebranishga qaramay, Kerr gʻildiraklari boʻlingan mototsikl tezligini 48 km/soatga yetkazishga erishdi.

Tayyor boʻlgan mototsikl ishlashi jihatidan zamonaviy mototsikllar kabi mukammal boʻlmasa-da, muhandislar uchun oʻziga xos tajriba va ijodkorlik namunasi boʻldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47