Rabbit R1 sunʼiy intellektga asoslangan mobil qurilmasi

Rabbit R1 cho‘ntak qurilmasi boʻlib, sunʼiy intellekt yordamida foydalanuvchining ilovalarni ishlatish tartibini oʻrganadi va keyin jarayonni osonlashtirib beradi.

U MediaTek protsessori bilan jihozlangan, “bos va gapir” tugmasi, 360 daraja aylanadigan kamera, Wi-Fi, Bluetooth va hatto 4G SIM-karta slotiga ega.

Qurilmaning narxi 199 dollar va sotuvga chiqarishga tayyor.

CES 2024 koʻrgazmasida sunʼiy intellekt asosiy mavzuga aylangandi: aqlli uy qurilmalaridan tortib smartfonlargacha, robotlardan tortib televizorlargacha, avtomobillardan tortib kompyuterlargacha hamma AIʼdan unumli foydalanishga astoydil kirishganini namoyish qilgandi. Santa Monikada joylashgan sunʼiy intellekt startapi Rabbit Inc. oʻzining Rabbit R1 deb nomlangan mobil qurilmasi bilan ular orasida ajralib chiqdi.

R1 — bu tabiiy til bilan boshqariladigan mustaqil, portativ qurilma. Unda sensorli ekran, “bos va gapir” tugmasi, aylantirish gʻildiragi, ovozli buyruqlar uchun mikrofon, javob berish uchun dinamiklar va Rabbit Eye nomli kompyuter koʻrishni qoʻllab-quvvatlaydigan 360 daraja aylanadigan kamera mavjud. U MediaTek Helio P35 protsessoridan quvvatlanadi va 4 Gb tezkor xotira, 128 Gb ichki xotira, USB-C port, Bluetooth, Wi-Fi va 4G qoʻllab-quvvatlovchi SIM karta uyasiga ega. 

Xoʻsh, qurilma nimaga qodir?

Startap veb-saytidagi demo buni eng yaxshi koʻrsatadi, lekin R1 aslida Rabbit OS deb nomlangan Long Action Model (LAM) asosidagi operatsion tizim bilan birga keladi. U qurilmaga ilovalarni osonroq yuklash va tezroq boshqarishga yordam beradi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, uning asosiy modeli foydalanuvchilarning maʼlum ilovalardan foydalangandagi xatti-harakatlarini oʻrganishi va keyin ularni ishonchli hamda tez oʻzlashtirishi mumkin.

Masalan, Spotifyʼni R1 bilan bogʻlaganda, u nafaqat ovozli buyruqlar yordamida musiqa ijro etish, balki AIʼdan bir xil albomdagi boshqa qoʻshiqlarni ijro etish kabi kontekstli vazifalarni bajarishni soʻrash ham mumkin. Masalan, R1 dan soʻzlarni kim yozgan, musiqani kim bastalagan, qoʻshiqni kim tanlagan va hokazolarni aytib berishni soʻrashingiz mumkin. Bu ChatGPT bilan gaplashishga oʻxshaydi, ammo kompaniyaning taʼkidlashicha, R1 javoblari ancha tezroq.

Yandex Go kabi ilovalardan siz R1 orqali ofisingizdan uyingizgacha boʻlgan manzilni bron qilishni soʻrashingiz mumkin va u smartfon ilovasi orqali bu ishni inson omiliga nisbatan tezroq bajaradi.

Rabbit R1 hozirda 199 dollarga oldindan sotuvga chiqarilgan. Buyurtmalar mart oyida AQShga joʻnatiladi. Ishga tushirilganda R1 eng mashhur ilovalardan foydalanishga oʻrgatiladi. Kelajakda, shuningdek, foydalanuvchilarga oʻzlarining “quyonlarini” muhim ilovalar va ish oqimlarida aniq vazifalarni bajarishga oʻrgatish imkonini beradigan eksperimental xususiyatga ega boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04