Qualcomm Snapdragon protsessorlari androidchilar maʼlumotlarini to‘plashi aniqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, Qualcomm kompaniyasi ma’lumotlarni himoya qilish xalqaro reglamentiga zid ravishda foydalanuvchilar ma’lumotlarini to‘playdi. Ma’lumotlar esa, ochiq manbada saqlanar ekan.

Nitrokey mutaxassislari Qualcomm protsessorlari Android foydalanuvchilari maʼlumotlarini yigʻishini aniqladi.

Buning uchun Sony Xperia XA2 qurilmasiga /e/OS deb nomlangan Android tizimi ishga tushirildi, tizim “Google xizmatlaridan” butunlay tozalangan (maʼlumki, Google xizmatlari foydalanuvchi maʼlumotlarini faol yigʻadi). Oʻrnatilganidan bir necha soniya oʻtib gadjet izatcloud.net manziliga ulanib olgan.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur manzilni Qualcomm boshqaradi, u Izat Cloud deb nomlangan sirli bulutiga maʼlumotlarni yuboradi. Shu bilan birga, maʼlumotlar ushbu manzilga xavfsiz boʻlmagan HTTP protokoli orqali uzatiladi, yaʼni manba istalgan kishi kirishi uchun ochiq.

Qualcomm foydalanuvchi haqida quyidagilarni toʻplaydi:

  • noyob qurilma identifikatori
  • chipset nomi
  • chipsetning seriya raqami
  • XTRA dasturiy taʼminot versiyasi
  • mobil mamlakat kodi
  • mobil tarmoq kodi (mamlakat va simsiz aloqa operatorini aniqlash imkonini beradi)
  • operatsion tizim turi va versiyasi
  • qurilmaning markasi va modeli
  • protsessor va modem soʻnggi yuklanganidan beri oʻtgan vaqt
  • qurilmada oʻrnatilgan dasturlar roʻyxati

Mutaxassislar aniqlaganidek, Qualcomm XTRA xizmati toʻgʻridan-toʻgʻri AMSS deb nomlangan Qualcomm mikrodasturidan ishlaydi (protsessorlar ishlashi uchun zarur). U smartfonning tarmoq uskunasini, shuningdek, mikrofon va kamerani toʻliq boshqaradi.

Qayd etilishicha, kuzatuv xizmatlari toʻliq olib tashlanganidan keyin ham AMSS yuqoridagi maʼlumotlarni Qualcommʼga joʻnatavergan.

Nitrokey ekspertlarining taʼkidlashicha, kompaniyaning bunday harakati maʼlumotlarni himoya qilish xalqaro reglamentiga (GDPR) ziddir. Bunga javoban Qualcomm advokatlari maʼlumotlarni toʻplash qonuniy ekanligini va Qualcomm XTRA maxfiylik siyosatini buzmasligini aytishdi.

Avvalroq Giglink.uz yangi Windows 11 foydalanuvchilar uchun qanday josuslik qilishi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56