Qanday qilib Apple bizni yangi kabellar sotib olishga majbur qilgan?

Mana nihoyat, Lightning kabellari Apple'ning yillar davomida keraksiz boʻlib kelgan dongles, adapterlar va aksessuarlar toʻplamiga qoʻshildi. Uni oʻrniga esa USB-C davri keldi.

Apple nihoyat oʻz telefonlarida oʻn yildan oshiq ishlatib kelgan Lightning portidan voz kechdi va USB-C'ga oʻtadi. Bu iPhone xaridorlari uchun yangi kabellar sotib olish vaqti kelganini anglatadi.

Kompaniya koʻp yillar davomida oʻzining MacBook va iPad qurilmalarida USB-C'dan foydalanmoqda, ammo Yevropa qoidalariga rioya qilish uchun uni endigina iPhoneʼga joriy qilishga rozi bo'ldi.

Lightning kabellarini Apple 2012-yilda iPhone 5 modelida taqdim etgandi va iPhone foydalanuvchilari deyarli oʻn yil davomida Apple gadjetlari uchun quvvatlantirishga alohida kabellarni sotib olishiga toʻgʻri keldi.

iPhone kabellari Apple foydalanuvchilarni almashtirishga majbur qiladigan yagona aksessuarlar emas. Yillar davomida Apple Mac va iPod kabi qurilmalardagi ulagichlarga koʻplab boshqa oʻzgarishlar kiritdi.

Ortga nazar tashlaydigan boʻlsak, USBʼning joriy etilishi Apple kompaniyasining eng yaxshi qarorlaridan biri boʻlgan. 1998-yil iMac'dan boshlab, Apple USB foydasiga Apple Desktop Bus (ADB) ulagichidan voz kechdi. Eski shaxsiy kompyuterlarda (va hatto yangi PC'larida) sichqonchalar va klaviaturalar uchun ishlatiladigan dumaloq PS/2 portiga oʻxshagan ADB 1986-yildan beri Apple tomonidan qoʻllanilmoqda.

USBʼga oʻtish kompyuter va Mac noutbuklarida ishlashi mumkin boʻlgan kelajakdagi koʻplab aksessuarlar va qurilmalarga mos tushishini taʼminladi, shuningdek, ba'zi tashqi qurilmalarni oson almashtirish imkoniyatini yaratdi. Ammo uzoq vaqtdan beri Apple foydalanuvchilari oʻzlarining eski ADB klaviaturasi va sichqonchasidan foydalanishda USB bilan ishlashlari uchun alohida adapter sotib olishlari kerak bo'lgan.

FireWire

Apple 1999-yil boshida Power Macintoshʼga FireWireʼni qoʻshishni boshladi va foydalanuvchilar uzoq vaqt tashqi qattiq disklar hamda skanerlar kabi qurilmalar uchun maʼlumotlarni yuqori tezlikda uzatishda foydalangan SCSIʼni almashtirishga majbur boʻldi. FireWire 400 Mbit/s gacha maʼlumotlarni uzatish tezligini taʼminlay oladi va USB bilan raqobatlashadi.

Apple USBʼni 480 Mbit/s maʼlumotlarni uzatish tezligi bilan USB 2.0 ga yangilagandan keyin ham FireWireʼga katta mablagʻ sarfladi. Apple kompaniyasining eng mashhur mahsulotlaridan biri boʻlgan birinchi iPod ham FireWire bilan paydo boʻldi.

FireWire koʻplab afzalliklarga ega edi, chunki USB raqamli video kameralar uchun unchalik ham qulay gadjet emasdi (baʼzi videolar USB 2.0 orqali past sifatda uzatilgan).

Keyinchalik 2003-yilda Apple Power Mac G5-ga yanada tezroq FireWire 800'ni taqdim etdi, u oʻn yil davomida tashqi qattiq disklar uchun haqiqiy professional interfeysga aylandi. Lekin foydalanuvchilar olti pinli FireWire 400 qurilmalarini yangi toʻqqiz pinli 800 ga ulash uchun yangi kabellar hamda raqamli videokameralar uchun qoʻshimcha kabellarni sotib olishlari kerak edi. Tabiiyki, yana to'liq yechim taqdim etilmadi.

30 pinli dok ulagichi

2003-yilda Apple uchinchi avlod iPod-da yangi 30 pinli ulagichni taqdim etdi. Ushbu patentlangan interfeys FireWire va USB bilan ishlaydi (quyida rasmda).

Apple iPhone ham 2007-yilda Dock Connector bilan taqdim etilgan va 2011-yilda uni iPhone 4S bilan ishlatishda davom etadi. Apple foydalanuvchilari yillar davomida son-sanoqsiz qoʻshimcha 30 pinli kabellarni sotib olishgan. Shu bilan birga, raqobatdosh portativ qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Mini va Micro USB standartlarini qabul qilishdi, chunki 30 pinli ulagich Apple kompaniyasiga tegishli edi.

Koʻpgina MacBook Pro va PowerBook G4 modellari toʻliq oʻlchamli DVI portiga ega boʻlgan, ammo Apple yagona noutbuklar yaratishni boshlaganida, u boshqa ulagichga, yaʼni Mini DisplayPort'ga oʻtdi. Koʻpgina monitor ishlab chiqaruvchilari toʻliq oʻlchamli DisplayPort ulagichidan foydalanadilar, shuning uchun Macʼga ulanish uchun alohida kabel kerak boʻladi.

Dell kabi baʼzi kompyuter ishlab chiqaruvchilari Apple foydalanuvchilari uchun juda yaxshi boʻlgan Mini DisplayPort ulagichidan foydalanganlar. Biroq, aksariyat monitorlar HDMI bilan yetkazib berishni boshladilar.

2011-yilda Apple Mini DisplayPortʼni iMacʼdan boshlab Thunderboltʼga almashtirdi. Ammo bir qarashda oldingi modellarga nisbatan hech narsa oʻzgargan deb ayta olmaysiz, chunki Thunderbolt Mini DisplayPort bilan bir xil ulagich yordamida ishga tushirilgan. Afsuski, Thunderbolt qurilmalari Mini DisplayPort kabellari bilan ishlamaydi, shuning uchun sizga chaqmoq logotipi tushirilgan yangi va nisbatan qimmat kabellar kerak boʻladi.

Lightning

Apple kompaniyasining qayta tiklanadigan zaryadlash va sinxronlash uchun Lightning ulagichi iPhone 5 bilan 2012-yilda taqdim etilgan. U almashtirilgan 30 pinli dok ulagichidan koʻra koʻp qirrali va oʻsha paytdagi boshqa telefonlarga ulangan Micro USB portlariga qaraganda yaxshiroq ishlab chiqilgan va bardoshliroq hisoblanadi. Apple shuningdek, 30 pinli Lightning adapterini sotdi, bu esa foydalanuvchilarga koʻp yillar davomida sotib olgan iPod dinamik aksessuarlaridan Lightningʻga osongina koʻchib oʻtishga yordam berdi.

Lightning USB-Cʼdan taxminan ikki yil oldin ishga tushirilgan, shuning uchun Apple porti biroz oldinroq boshlangan va iPhone foydalanuvchilariga xizmat koʻrsatishni istagan barcha asosiy aksessuarlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan litsenziyalangan. Oxir-oqibat, USB-C 2015-yilda tezlashdi va Apple mazkur qurilmaga eʼtibor berishga undadi.

Apple USB-C ning boshlanishi

Koʻpgina Android telefonlari hali ham zerikarli va almashtirib boʻlmaydigan Micro USB portidan foydalangan boʻlsa-da, Apple 2015-yilda 12 dyuymli MacBookʼdan boshlab Mac uchun kelajakdagi port sifatida USB-C ni qabul qildi.

Apple soatlari uchun zaryadlash qurilmalari

Apple smart soatlar uchun alohida maxsus zaryadlash qurilmalari ishlab chiqaradigan yagona kompaniya emas. Biroq, Apple Watch mijozlarni koʻproq kabel sotib olishga majburlamaslik uchun baʼzi standartlashtirishdan foydalanishi mumkin boʻlgan kompaniyaning yana bir qurilmasi.

Qi simsiz zaryadlash Android telefonlarida 2015-yilda Apple iWatchni chiqargan paytida ham mavjud edi. Magnit zaryadlovchi qurilma Qi bilan bir xil texnologiyadan foydalanadi, ammo afsuski, yangi taqiladigan qurilmani zaryad qildirish uchun maxsus Apple Watch kabellarini sotib olishingiz kerak boʻladi. Keyinchalik Apple yangi kabellarni sotib olishni yaxshi koʻradiganlar uchun boshqa tomondan USB-C orqali tezroq zaryadlash yechimini taqdim etdi.

3,5 mm audio slotining olib tashlanishi

Apple 2016-yilda iPhone 7ʼdan 3,5 mm eshitish uchun razyomini olib tashlagan edi, ya'ni an'anaviy simli quloqchinlar "ayfonchilar uchun" mutlaqo keraksiz bo'lib qoldi.

MagSafe 1/2/3 oʻrnatilgan Mac kompyuterlari

Macʼdagi MagSafe zaryadlashni osonlashtiradi, chunki quvvat kabeli magnit sifatida oʻz joyiga tushib, Macʼingizni zaryad qilish uchun Pogo pinlarini kerakli joyga ulaydi. Agar kimdir kabelga qoqilib qolsa, MacBook stoldan tushmaydi, chunki sim shunchaki uzilib qoladi.

Bu ajoyib dizayn, lekin Apple keyinroq uning bir nechta versiyasini chiqardi. 2006-yildagi original Magsafe biroz qalin edi, shuning uchun Apple 2012-yilda MagSafe 2 ni kelajakda yupqaroq bo'lishi rejalashtirilgan noutbuklar uchun maxsus ishlab chiqdi.

Ammo 2015-yildan 2018-yilgacha Mac kompyuterlarida USB-C ga oʻtishda Apple MagSafe'ni oʻchirib tashladi va bu barcha zaryadlovchilarni yaroqsiz holga keltirdi. Keyinchalik Apple 2021'yilda M1 MacBook Pro bilan MagSafe'ni zamonaviy davrga qaytardi. Biroq, bu yangi MagSafe 3 eski zaryadlovchilar uchun adapterni qoʻllab-quvvatlamaydi, shu sababli ular gʻalati uchinchi tomon MagSafe-to-Legacy sotib olmaguningizcha foydasiz boʻlib qoladi.

Yaxshiyamki, Mac noutbuklari foydalanuvchilari uchun avvalgi modellardagi USB-C zaryadlovchi qurilmalari asosan yaxshi ishlaydi, shuning uchun siz 16 dyuymli MacBook Pro'ni maksimal 140 Vt quvvatlanish tezligiga o'tkazishni xohlamasangiz, yangi kabellarni sotib olishingiz shart emas (yokida MagSafe 3 dan foydalaning).

iPhone uchun MagSafe

Ha, Apple iPhone simsiz zaryadlash yechimi uchun boshqa marketing atamasini topa olmaganidan 2020-yilda iPhone 12-dan boshlab, MagSafe aksessuarlarning yangi toifasini ishlab chiqdi.

Hozirda koʻplab MagSafe zaryadlovchi qurilmalari mavjud, ammo faqat Apple tomonidan tasdiqlangan qurilmalargina sifatli zaryad tezligini taqdim qiladi. Aks holda, arzonroq uchinchi tomon MagSafeʼga mos keladigan zaryadlovchilarda zaryad olish juda ham sekin.

“Xush kelibsan USB-C”

Oʻtmishga nazar tashlaydigan boʻlsak, Appleʼning doimiy ravishda oʻzgarib turadigan kabel tanlovi ikkita katta oqibatlarga olib keldi: kompaniya koʻpincha ishlab chiqaruvchilarni ham, isteʼmolchilarni ham floppi drayvlar va SCSI kabi eskirgan texnologiyalardan uzoqlashishga majbur qilgan sanoat toʻntarishlariga olib kelgan texnologik yechimlarni taqdim etib kelgan.

Isteʼmolchi sifatida biz kamdan-kam hollarda standartlarni qachon va qanday oʻzgartirishni tanlash imkoniyatiga egamiz. Buning oʻrniga, bozorga taʼsir oʻtkaza oladigan yirik kompaniyalar odatda qarorlarni bizning o'rnimizga qabul qiladilar.

Shunday qilib, Apple nihoyat birinchi boʻlib USB-C standartlashtirish yoʻlida katta qadam tashladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04