Haier obuna asosida ishlaydigan kir yuvish mashinasini sotuvga chiqardi. U yuvish vositalari narxini tejaydi
Mazkur maishiy texnikani suv taʼminoti, kanalizatsiya va Wi-Fi tarmogʻiga ulash kifoya — kir yuvish mashinasi oʻzidagi yuvish uchun maxsus vositalar yordamida avtomatik ishlaydi.
Italiyaning Haier brendi obuna boʻlish asosida ishlaydigan kir yuvish mashinalarini sotuvga chiqardi (La Stampa).
Mashinaning byudjetga qarab turli obunalari mavjud. Agar oʻrtacha hisoblaydigan boʻlsak, mashina va kir yuvish kukunlari kabilarni umumiy qoʻshganda, 3 yillik xarajat 1 ming yevroni ( 1 081 dollar) tashkil qiladi.
Haier Washpass obuna narxlari
Narx siz rejalashtirgan yuvish turiga qarab oʻzgaradi: barcha holatlarda boshlangʻich xarajat 150 yevroni tashkil etadi, keyinchalik uni “Kichik” (oyiga 18 yevro, yiliga 100 ta yuvish), “Oʻrta” (23 yevro, oyiga 220 marta yuvish) yoki “Katta” (oyiga 28 yevro, yiliga 340 marta yuvish).
Buyurtma berganingizdan soʻng siz kir yuvish mashinasini, shuningdek, kir yuvish vositalari va mato yumshatkichning birinchi partiyasini olasiz, yuvish vositalarining idishlari (jami 4 ta) koʻrsatmaga muvofiq joylashtirib beriladi. Idishlari boʻshab qolganida, kir yuvish mashinasi ularni oʻzi toʻldiradi, yuvish vositalarining oʻzi esa obunada koʻzda tutilgan yillik miqdorda uyga yetkaziladi.
Minimal obuna muddati — 36 oy: mavjud obuna tugagach, avtomatik ravishda yangi obunaga ulanadi.
Foydalanishning birinchi 3 yilida, ilk toʻlovni hisobga olgan holda, Washpass tanlangan rejaga qarab 800 dan 1100 yevrogacha baholanadi. Mazkur texnikaning ustunligi ham ortiqcha xarajatlarni qisman boʻlsada qisqartirishi, toʻliq mexanizmlashganligi va uyga yetkazib berish xizmatlarining qulayligida.