Koʻzoynaksiz 3D ekran — ZTE yangi plansheti koʻz harakatini qarab ishlaydi

Yangi gadjetda AI Engine Super Bionic Eye texnologiyasi mavjud boʻlib, koʻzoynaksiz koʻrishga moʻljallangan.

Zreniyangizdan muammo bormi? ZTE yangi plansheti bilan zreniyaniz borasida qaygʻurmasangiz ham boʻladi. ZTE kompaniyasining MWC-2023 koʻrgazmasida taqdim qilgan Nubia Pad 3D plansheti ekani tasvirni 3D koʻrinishda kattalashtirib beradi. Yangi gadjetda AI Engine Super Bionic Eye texnologiyasi mavjud boʻlib, koʻzoynaksiz koʻrishga moʻljallangan. 

Taqdimoti 28-fevral kuni boʻlib oʻtishi kutilayotgan gadjet nihoyat narxlari bilan ma'lum qilindi.  

8 va 16 megapiksel oʻlchamdagi sensorli old kamera koʻz harakatini kuzatish natijasida agar foydalanuvchi tasvirni yaqindan oʻqilishiga muhtoj boʻlsa, ekranda stereografik tasvir paydo boʻladi.

Nubia Pad 3D plansheti Leia startapi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, texnologiyada mos ravishda dasturiy taʼminot oʻrnatilgan. Misol uchun, istalgan YouTube videosini 3D koʻrinishga oʻzgartiradigan LeiaTube ilovasini keltirish mumkin. Boshqa ilovalar ham oʻyinlar yoki fotosuratlarni 3D ga aylantirish imkonini beradi, hatto 3D video chat ham mavjud.

ZTE Nubia Pad 3D apparat platformasi Qualcomm Snapdragon 888 SoC protsessori negizida ishlab chiqilgan va maʼlum boʻlishicha, uning imkoniyatlari chuqur oʻrganish algoritmlari ishlashi hamda real vaqt rejimida 2D kontentni 3Dga aylantirish uchun yetarli. Ekranning diagonali 12,4 dyuym, oʻlchamlari 2,5 K.

Shuningdek, Dolby Atmosʼni qoʻllab-quvvatlaydigan toʻrtta dinamik va 33 Vt tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan 9 070 mA/soat koʻrsatkichga ega batareya mavjud. Planshet mart oyida sotuvga chiqariladi, narxi esa 1 000 dollardan yuqori boʻlishi aytilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23