OnePlusʼdan 11,6 dyuymlik ilk planshet
Xitoyning texnologik brendi “Apple va Samsung kabi ekosistema” yaratishga intilmoqda.
OnePlus oʻzining ilk planshetini taqdim qildi. LCD displeyli OnePlus Pad 11,6 dyuym ogʻirlik va 2800x2000 oʻlchamda boʻlib, Dolby Vision rang korreksiyasi texnologiyasiga ega. Ekranning yangilanish tezligi 144 Gs.
Ekranlari tomonlari mosligi nostandart – 7:5 oʻlchamda boʻlib, 3:2 displeylardan balandroq, 4:3 oʻlchamga ega iPadʼlardan pastroq. Qurilma oʻzining hajmiga kelsak, qalinligi – 6,54 mm, ogʻirligi – 555 g.
Tizim 8 yadrolik Media Tek Dimensity 9000 chipida ishlaydi. Operativ xotirasi 12 Gb, akkumulyator sigʻimi – 9510 mAch. Bir marta zaryadlashga 80 daqiqa vaqt ketadi va bu 14,5 soat toʻxtovsiz video koʻrishga yetadi.
Yangi Padʼni stilus va magnitli klaviaturalar bilan ishlatish mumkin. 2023-yilning aprel oyidan, Shimoliy Amerika, Yevropa, Hindiston orqali oldindan oldindan buyurtma berish mumkin boʻladi. Narxi borasida hozircha maʼlumot yoʻq.
The Verge nashrining yozishicha, ilk brend planshetining ishlab chiqilishi – bu kompaniyaning Apple va Samsung kabi toʻliq ekotizimni yaratish yoʻlidagi birinchi qadami boʻladi.