"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi

Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Loyiha qanday qilib xalqaro mukofotga sazovor bo'ldi?
Kann festivali hakamlari Apple kampaniyasini shunchaki qurilma reklamasi emas, balki har bir odamda yashirin ijodkorlik qobiliyatini uyg‘otgani uchun yuqori baholadi. Ularning fikricha, "Shot on iPhone" loyihasi oddiy foydalanuvchilarga quyidagi ishonchni uyg‘otadi: "Sizda iPhone bor bo‘lsa, unga o‘z ko‘zingiz va bir oz ijodiy yondashuvni qo‘shishingiz yetarli – ajoyib videolar tayyor!"  

Bu g‘oya shunchalik oddiy va ishonarli ediki, hakamlar hay’ati uni "ijodiy samaradorlik" nominatsiyasida eng yaxshi deb topdi. Aslida, Apple hech qanday ajoyib effektlar yoki maxsus effektlarsiz, oddiy foydalanuvchilar yaratgan haqiqiy videolar orqali iPhone kamerasining imkoniyatlarini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi.

Tanqid va javob

Ba’zi tanqidchilar Apple reklamalari uchun qo‘shimcha pro kamera uskunalari ishlatilganini ta’kidlaydi (masalan, WWDC tadbirlarida). Biroq, ekspertlar shuni aytadiki, har qanday professional suratga olishda qo‘shimcha jihozlar zarur.

iPhone 17 bizni nima bilan hayratda qoldiradi?

Apple yana bir innovatsiyasini namoyish etishga tayyorlanmoqda. Sentyabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 17 foydalanuvchilarga professional darajadagi videolar olish imkoniyatini beruvchi bir qator yangiliklarni olib keladi:

Kamerada sezilarli yaxshilanishlar
"Photography Style" - o'ziga xos surat uslublari
Apple Intelligence - sun'iy intellekt yordamida aqlli suratga olish 
va bir qator boshqa innovatsion funksiyalar
Maqsad – foydalanuvchilarga "cho‘ntagidagi professional kinostudiya" imkoniyatini berish.

Qiziqarli fakt
: #ShotoniPhone xeshtegi ijodkorlar tomonidan 50 milliondan ortiq marta ishlatilib, Instagram va TikTok’da trendga aylangan. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08