iOS 16.5 Candidate versiyasi chiqdi: o’zgarishlar haqida

Apple iOS 16.5 relizdan oldingi versiyani chiqardi.

Kompaniya ushbu yangilanishda qanday yirik o’zgarishlar qilganiga aniqlik kiritmagan. Faqat dasturiy xatoliklar tuzatilgan va barqarorlik yaxshilangan, deyilmoqda.

Sinov versiyadagi ba’zi yangiliklar:

  • Pride yangi fon rasmi.
  • Apple News ilovasida endi tarixlar, ballar va boshqalarga kirish imkoniga ega Sport tab mavjud.
  • Spotlight qayta javob bermay qolishi kabi muammolar tuzatildi.
  • Radio va boshqa ilovalarni qo'llab-quvvatlaydigan CarPlay’dagi podkastlar yuklash borasidagi muammo tuzatildi hamda dizayni yangilandi.
  • Ekran vaqti sozlamalari qayta o‘rnatilishi yoki barcha qurilmalarda sinxronlanmasligi mumkin bo‘lgan muammo tuzatildi.
  • Siri orqali ekranni yozib olish mumkin.
  • Custom Accessibility Mode — qariyalar uchun ilovalar belgilarini kattalashtiradi.
  • Suhbatlar va foydalanuvchi yozishmalari xavfsizligi uchun FaceTime va iMessage’da shifrlash kalitlarini tekshirish.

Yuklab olish

Candidate versiya taxminan 16-mayda chiqishi mumkin. Dasturning hajmi taxminan 5,5 GB, proshivka raqami 20F65. iOS 16.5 RC ni hoziroq yuklab olish mumkin:

  • Havola orqali iPhone uchun beta-versiyani yuklab oling.
  • Sozlamalarni oching va "Yuklab olingan profil" (Профиль загружен)ni tanlang, keyin uni o'rnating.
  • iPhone’ni qayta ishga tushiring va "Dasturiy ta’minotni yangilash" ga o‘ting, so‘ngra yangi versiyani topib o‘rnating.

Ma’lumot uchun, 5-iyun kuni yilning eng yirik o‘zgarishlariga ega bo‘lishi kutilayotgan iOS 17 taqdim qilinadi. Hozircha bu proshivkaga oid insayder ma’lumotlari haqida oldingi xabarlarda o‘qishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35