Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?

Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.

Hamster Kombat,

Telegram’dagi Hamster Kombat o‘yiniga tegishli bo‘lgan Hamster Kombat (HMSTR) tokeni 26-sentabr kuni soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) OKX, Bybit, Bitget, Binance va boshqa kripto birjalarda sotila boshladi.

Binance birjasida Hamster Kombat tokeni savdosi boshlanganda, uning narxi $0.01 edi.

2024-09-26 22:00 holatiga ko'ra: $ 0.007 ni tashkil qiladi:

Pavel Durov Hamster Kombat loyihasini "Internet fenomeni" deb atagan, chunki o‘yin boshlangandan keyingi 73 kun ichida uning auditoriyasi 100 million foydalanuvchiga yetdi. Hozirda Hamster Kombatning Telegram kanalida 60 milliondan ortiq obunachi bor. 28-avgust kuni Hamster Kombat jamoasi airdrop va tokenning birjalarda sotila boshlanishini e’lon qildi.

O‘sha paytga kelib, Hamster Kombat o‘yinchilari soni 300 milliondan oshdi. Biroq, tokenlar birjalarga chiqarilishidan oldin o‘tkazilgan airdropda faqat 131 million kishi ishtirok etdi. Chunki ayrim foydalanuvchilar "hiyla" ishlatgani uchun bloklandi va yana 30,6 million o‘yinchi tokenlarni olish usulini belgilangan muddatda tanlashga ulgurmagan edi.

Jami 100 milliard HMSTR token chiqariladi. Shundan 75 milliardi foydalanuvchilarga ikki bosqichda tarqatiladi: birinchi bosqichda (hozirgi mavsum) 60 milliard token tarqatildi, qolgan 15 milliard token esa oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan ikkinchi mavsumda airdrop ishtirokchilariga beriladi.

Telegram’dagi bir qancha kliker-loyihalar allaqachon o‘z tokenlarini birjalarga chiqarib ulgurgan. Masalan, may oyida Notcoin (NOT), avgust oxirida esa DOGS (DOGS) tokeni birjalarda sotila boshlandi. DOGS tokeni shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, foydalanuvchilar tokenlarni birjalarga ko‘chirishni boshlaganda, TON blockchain tarmog‘i yuklamani ko‘tara olmay qoldi.

DOGS tokeni ishga tushgach, tarmoqda bir necha soat davomida uzilishlar kuzatildi. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, yangi token oluvchilar har daqiqada 150 mingdan ortiq transfer so‘rovi yuborgan.

HMSTR tokenining savdo hajmi ishga tushganidan keyingi dastlabki yarim soatda $150 milliondan oshdi. Telegram’dagi Wallet kriptohamyoni Hamster Kombat tufayli yuzaga kelgan katta yuklamani ko‘tara olmadi.

HMSTR tokenining birinchi kunidagi keskin narx pasayishi yangi kripto tokenlarning qanchalik o‘zgaruvchan bo‘lishini ko‘rsatadi. Pasayish davom etadimi yoki barqarorlashadimi, hozircha noma’lum, lekin yangi tokenlar ko‘pincha beqaror bo‘ladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56