Hamster Kombat oʻyinidan qanday daromad olish mumkin ?

Hozircha javob aniq ...

Hozircha javob aniq: hech qanday daromad olish imkoni yoʻq. Agar siz oddiy oʻyinchi boʻlsangiz va reklama uchun pul oladigan bloger boʻlmasangiz, Hamster Kombat oʻyinidan daromad olishning imkoni yoʻq. Oʻyinda koʻrinadigan millionlab dollarlar aslida faqat oʻyin ichidagi valyuta boʻlib, haqiqiy pul bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Shu sababli, hozircha oʻyin ichida koʻrgan raqamlar faqat oʻyin zavqini oshirish uchun xizmat qiladi, lekin ularni haqiqiy pulga aylantirib boʻlmaydi.

Lekin, oʻyinni ishlab chiqqanlarning gapiga koʻra iyun oyida oʻzlarining yangi kriptovalyutalarini birjalarda roʻyxatga olishni rejalashtirganliklarini va qoʻllab-quvvatlagan oʻyinchilarga bir qancha kriptovalyutani airdrop orqali taqdim etishni va'da qilmoqdalar.

Airdrop – bu kriptovalyuta dunyosida yangi moneta chiqarilishida tokenlarni foydalanuvchilarning hamyonlariga bepul tarqatish jarayonidir. Ya'ni, agar siz oʻyinni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsangiz, iyun oyida sizning hamyoningizga biroz kriptovalyuta tushishi mumkin.

Mukofotlash mexanizmlari hali aniq emas, lekin X akkauntida quyidagilar e'lon qilindi:

Airdrop soatlik daromad va boshqa faollik parametrlariga bog'liq boʻladi, bu parametrlar keyinroq ochib beriladi, toʻplangan tanga miqdoriga emas.Hamster Kombatning rasmiy X akkaunti.
https://x.com/hamster_kombat/status/1798740666945519781
https://x.com/hamster_kombat/status/1798740666945519781

Mukofot miqdori haqida ham hech narsa aniq emas: oʻyinda oʻnlab soatlarini sarflagan foydalanuvchilar $HMSTR ni bir necha soʻmga olishi mumkin. Ehtimol, Lekin buni hech kim va'da qilmaydi va kafolatlamaydi.

Yuqori ehtimollik bilan, bunday loyihadan haqiqatan boyib ketishi mumkin boʻlganlar faqat oʻyinning ishlab chiquvchilari boʻlishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25