Google butun dunyoda tibbiyotni yaxshilovchi SI dasturi ishlab chiqdi

22-may kuni Google salomatlikni yaxshilashga moʻljallangan sunʼiy intellekt startapini ishga tushirdi.

Dasturning asosiy maqsadi sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislariga tadqiqot oʻtkazish va jarayonlarni yaxshilash uchun xavfsiz SI texnologiyalarini taqdim etishdan iborat. Google AI for Health tashabbusi kompaniyaning sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar va sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli saʼy-harakatlarining bir qismidir.

Loyiha dunyoning baʼzi qismlarida shifokorlar yetishmasligi va zamonaviy diagnostika vositalaridan foydalanish cheklanganligini bartaraf etishga yordam beradi.

Kompaniya butun dunyo boʻylab yuqori sifatli va arzon tibbiy diagnostikani taklif qilish uchun sunʼiy intellekt vositalarini joriy qilmoqda. Mavjud tizimlar Tayvanda koʻkrak bezi saratoniga tashxis qoʻyishda yordam berish va Keniyada boʻlgʻusi onalarga yordam berish uchun ishlaydi.

Ma’lumot uchun, sun’iy intellektning tibbiyotda qo‘llanilishi yangilik emas. Misol uchun, oldinroq ChatGPT chatboti tibbiy maslahat berishda shifokorlardan ham oʻzib ketgandi. JAMA Internal Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, tibbiy maslahatlar sohasida ChatGPT professional shifokorlarni ortda qoldirib, batafsilroq va “chin ko‘ngildan” ko‘rsatma bergan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47