Eron “Fattoh” gipertovush raketasini taqdim etdi

Eron poytaxti Tehron ko‘chalarida “Fattoh” hipertovushli raketasi bilboardi paydo bo‘ldi

Eron hatto atmosferadan tashqarida ham mohirlik bilan harakat qila oladigan, raketaga qarshi tizimlar uchun “qo‘l yetmas” “Fattoh” gipertovush raketasini namoyish qildi.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi(IIQK)ning Havo-kosmik kuchlari eng yangi ishlanma — barcha raketaga qarshi mudofaa tizimlari(RQMT)ni chetlab o‘tishga qodir bo‘lgan “Fattoh” gipertovush raketasini taqdim etdi.

Qattiq yoqilg‘i dvigatelli raketa — «Fattoh»ning uzoqqa uchish masofasi 1400 km bo‘lib, eng yuqori tezligi 14-15 ming km/sni, ya’ni 12-13 Max sonini (bir xil sharoitda harakatlanayotgan ob’ekt tezligining tovush tezligiga nisbati) tashkil qiladi. Raketa ham atmosferada, ham undan tashqarida mohirlik bilan harakat qilib, mavjud barcha RQMTni chetlab o‘ta oladi.

«IIQK Havo-kosmik kuchlarining so‘nggi strategik yutug‘i bo‘lgan “Fattoh” gipertovush raketasi prezident oyatulloh Said Ibrohim Raisiy va IIQKning bosh qo‘mondoni Husayn Salamiy ishtirokida namoyish qilindi», — deyiladi Fars Eron axborot agentligining xabarida.

Eron poytaxti Tehron ko‘chalarida “Fattoh” hipertovushli raketasi bilboardi paydo bo‘ldi

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07