Dyson bir yildan beri kutilayotgan havoni tozalovchi minigarnituralarini sotuvga chiqardi
Texnologiya
28 aprel, 16:22
Dyson Zone Air Purifying ANC buklanadigan naushniklari toʻrt darajali tozalash intensivligiga ega. 99% gacha zararli moddalardan himoyalovchi FFP2 sinf filtrlari orqali havo intensiv tozalanadi.

Filtrlarni har 12 oyda almashtirib turish kerak boʻladi.
Naushniklarda faol shovqinni kamaytirishning bir necha rejimlari mavjud. Shovqinni oʻchirish funksiyasi yoqilgan boʻlsa ham batareyaning ishlash muddati 50 soatni tashkil qiladi.
Havoni tozalash rejimida qurilma past sozlamalarda 4 soat, o‘rtacha sozlamalarda 2,5 soat va yuqori sozlamalarda 1,5 soat ishlashi mumkin. Dyson Zone AQShda 949 dollarga baholangan. Hozircha Oʻzbekistonga kirib kelgani yoʻq.
Avvalroq Oʻzbekistonda aqlli shlemlar ishlab chiqarish uchun 1 million yevroga yaqin mablagʻ ajratilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI

Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya