Kerakli yukni og‘iri bo‘lmaydi: dasturchilar uchun maxsus sumka-klaviatura
Grab Shellʼni ko‘tarib yurish va hatto yoʻl-yoʻlakay ishlatish uchun ham juda qulay klaviatura.
Grab Shell — oʻz analoglaridan noodatiy dizayni bilan ajralib turadigan klaviatura. Yigʻiladigan uskunaning klavishalari ikki tomonda joylashgan, ular sizning ehtiyojlaringizga mos ravishda dasturlashtirilishi mumkin, deb yozadi Yanko Design.
Qurilma Windows va macOS kompyuterlariga simsiz ulanadi. Ichida 2000 mA/soat quvvatga ega akkumulyator mavjud. Ishlab chiqaruvchining soʻzlariga koʻra, klaviaturaning bitta zaryadi bir necha oyga yetadi.
Yangilik standart tugmachalardan tashqari aylantirish gʻildiragi, joystik, trekbol va almashtirish tugmasi bilan jihozlangan. Ushbu parametrlar bilan klaviaturaga sichqoncha umuman kerak boʻlmaydi.
Grab Shell oq va qora rangda chiqariladi, tugmalari an’anaviy o’yin klaviaturalari kabi ichkaridan yoritiladi.