Dunyoda birinchi marta ChatGPT yordamida soxta yangiliklar tarqatilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi

Xitoy huquq-tartibot idoralari ChatGPT yordamida yaratilgan soxta xabarlarni tarqatishda gumonlangan kishini hibsga oldi.

Bu haqda politsiyaga tayanib South China Morning Post nashri xabar berdi. Taʼkidlanishicha, bu Pekin rasmiylari tomonidan alohida tartib joriy qilinganidan keyin sunʼiy intellekt botidan foydalanish bilan bogʻliq birinchi jinoiy ish holatidir.

Gansu provinsiyasida yashovchi Xun ismli shaxs ijtimoiy tarmoqlarda soxta yangiliklar yaratish va tarqatish uchun sunʼiy intellektdan foydalanganlikda gumon qilinmoqda.

  • Goʻyoki 25-aprel kuni boʻlib oʻtdi deb aytilgan poyezd toʻqnashuvi natijasida 9 kishining oʻlimi haqidagi xabar huquq tartibot xodimlari eʼtiborini tortgan.

Politsiya bunday hodisa boʻlmaganini aniqladi. Xun mazkur xabarni 20 ta Baijiahao ijtimoiy media akkauntlaridan tarqatgan. Soxta material 15 000 dan ortiq marta chiqarilgan va keyinchalik kiberpolitsiya xodimlari tomonidan aniqlangan.

Gumonlanuvchiga nisbatan asosiy da’vo uning sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan soxta yangiliklarni ogohlantirish belgisisiz tarqatganligida.

Xun hibsga olingan va jazoga tayinlanishi kutilmoqda — bu yanvar oyida Xitoy hukumatining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi qarori rasman kuchga kirganidan beri kuzatilgan ilk jinoiy holat.

Gansu provinsiyasi jamoat xavfsizligi departamentining maʼlum qilishicha, Xun  “norozilik paydo qilish va tartibsizliklar keltirib chiqarish” jinoyatida gumon qilinib, 5 yilgacha qamoq yoki oʻta ogʻir hollarda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Avvalroq Koreyaning Samsung kompaniyasi xodimlari uchun ChatGPTʼdan foydalanishni taqiqlagan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47